mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 14
(1-103)

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning g’aybiy ishlardan xabar berganidek to’g’ri bo’lib chiqqan ishlar minglabdir, juda ko’pdir. Biz faqat juz`iy bir necha misoliga ishora qilamiz.

Xullas, boshda Buxoriy va Muslim, ishonchliligi bilan mashhur Kutubi Sittai Hadisiya sohiblari biz bayon etadigan xabarlarning ko’pida ittifoqda va ul xabarlarning ko’pi ma`nan mutavotir va Yana bir qismi esa, haqiqat ahli ularning sofligiga ittifoqda bo’lganlariga binoan, mutavotir kabi qat`iy deyish mumkin.

* Xullas, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, sahobalariga xabar berganki: "Siz Barcha dushmanlaringiz ustidan g’alaba qozonasiz; ham Makka fathi, ham Haybar fathi, ham Shom fathi, ham Iroq fathi, ham Eron fathi, ham Baytul-Maqdis fathlariga muvaffaq bo’lasizlar. Ham o’sha zamonning buyuk davlatlari bo’lgan Eron va Rum podshohlarining xazinalarini o’rtangizda taqsimlaysizlar!.." Xabar berganda "tahminim shunday va yoki shunday deb o’ylayman" demagan. Balki, ko’rib turgandek qat`iy xabar bergan va xabar bergandek chiqqan. Holbuki, xabar berganda, hijratga majbur bo’lib turgan vaqti edi. Sahobalari oz, Madina atrofi va butun dunyo dushman edi.

* Ham, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, ko’p marta bashorat qilgan:

عَلَيْكُم بِسِيرَةِ  الَّذَيْنِ مِنْ بَعْدِى اَبِى بَكْرٍ وَ عُمَرَ deb, Abu Bakr va Umar o’zidan keyin qolishlarini, ham xalifa bo’lishlarini, ham mukammal bir suratda va Alloh va Payg’ambarining rizosi doirasida harakat qilishlarini... Ham Abu Bakr oz vaqt qolishini, Umar esa ko’p vaqt qolishini va juda ko’p g’alabalar qilishini e`lon qilgan.

* Yana bashorat berganki:

زُوِيَتْ لِىَ اْلاَرْضُ فَاُرِيتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا وَسَيَبْلُغُ مُلْكُ اُمَّتِى مَا زُوِىَ لِى مِنْهَا

Ya`ni, "Sharqdan G’arbga qadar mening ummatim qo’liga o’tadi. Hech bir ummat u qadar mulkni zabt etmagan," degan. Xabar berganidek chiqqan.

* Ham, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Badr jangidan avval bashorat bergan:

هذَا مَصْرَعُ اَبِى جَهْلٍ هذَا مَصرَعُ عُتْبَةَ هذَا مَصرَعُ اُمَيَّةَ هذَا مَصرَعُ فُلاَنٍ وَ فُلاَنٍ

deya, Quraysh mushriklarining raislaridan har biri qayerda qatl qilinishini ko’rsatgan va degan: "Men o’z qo’lim bilan Ubay Ibni Xalafni o’ldiraman." Xabar berganidek chiqqan.

Аудио мавжуд эмас