mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 17
(1-103)

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, iymonga kelgan Habash podshohi bo’lmish Najoshiy hijratning yYettinchi yilida vafot etgan kuni, sahobalariga bu haqda xabar bergan, hatto janoza namozini o’qigan. Bir haftadan so’ng xabar keldiki, ayni aytilgan kunda vafot etgan ekan.

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Jihari Yori Guziy bilan birga Hiro tog’ining ustidaliklarida tog’ titradi, zilzila bo’ldi. Toqqa farmon berdiki:
 
اُثْبُتْ فَاِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِىّ ٌوَصِدِّيقٌ وَشَهِيدٌ deya, Hazrati Umar, Usmon va Alining shahid bo’lishlaridan xabar bergan. Xabar berganidek chiqqan.

Endi ey badbaxt, qalbsiz, bechora inson! "Muhammadi Arabiy aqlli bir odam edi" deya, ul haqiqat quyoshiga ko’zini yumgan bechora inson! O’n besh xildan iborat umum mo’`jizalaridan birgina xili bo’lmish g’aybiy ishlarning o’n besh va balki yuz qismidan bir qismini eshitding. Ma`naviy bir tavotur darajasida qat`iy bo’lgan bir qismini tuyding. Shul g’aybiy xabarlar qismining yuzdan birini aql ko’zi bilan ko’rgan zotga "dohiyi a`zam" deyiladi. Negaki, farosati bilan istiqbolni kashf etgani uchun. Shunga binoan, sen aytgandek mayli uni daho desak, yuz dohiyi a`zam darajasida qudsiy dahoga ega bo’lgan bir odam yanglish ko’rishi mumkinmi? Yanglish xabar berishdek bir tubanlikka ketadimi? Bunday yuz daraja dahoi a`zam sohibining ikki dunyo saodatiga doir so’zlarini tinglamaslik, albatta, yuz daraja devonalakning alomatidir.

 

OLTINCHI NUKTALI ISHORA.

* Qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Hazrati Fotimaga (R.A.) bashorat qilib,
 
اَنْتِ اَوَّلُ اَهْلِ بَيْتِى لُحُوقًا بِى Ya`ni, "Oli Baytimdan har kimdan avval vafot etib, menga yetishasan," degan. Olti oydan so’ngra aynan xabar berganidek chiqqan.

* Yana, Abo Zarga bashorat qilib,
 
سَتَخْرُجُ مِنْ هُنَا وَتَعِيشُ وَحْدَكَ وَتَمُوتُ وَحْدَكَ deya, Madinadan quvilib, yolg’iz hayot kechirib, yolg’iz holida bir sahroda vafot etishini xabar bergan. Yigirma yildan so’ngra xabar berganidek chiqqan.

Аудио мавжуд эмас