mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 19
(1-103)

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Imomi Aliga (R.A.) degan: "Hazrati Isoda (A.S.) bo’lganidek, senga bo’lgan munosabatda ham ikki toifa inson halokatga ketadi.

Birinchisi, haddan ziyod muhabbati; ikkinchisi, haddan ziyod adovati bilan. Nasroniylar Hazrati Isoga bo’lgan muhabbatda shar`iy chegaradan chiqib – aslo mumkinmaski – uni "Ibnulloh" dyedilar. Yahudiylar adovatda haddan oshib, payg’ambarligini va kamolini inkor etdilar. Senga nisbatan ham, bir toifa shar`iy chegaradan chiqqan muhabbati bilan halokatga ketadi. لَهُمْ نَبْزٌ يُقَالُ لَهُمُ الرَّافِضِيَّةُ degan. Yana bir toifa senga adovat qilishda juda o’tib ketadilar. Bular esa, "Xorijiylar"dir va Umaviylarning mufrit (haddan oshgan) bir qism tarafdorlaridirki, ularni "Nosiba" deydilar.

Agar deyilsaki: Oli Baytga muhabbatni Qur`on amr etadi. Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom ham unga ko’p tashviq qilgan. Ul muhabbat Shialar uchun balki uzrli bo’lar. Chunki, ahli muhabbat, bir daraja ahli sarhushdir. Nima uchun Shialar, xususan Rofiziylar ul muhabbatdan foydalanishi mumkin emas? Balki, payg’ambarimizning ishorasiga binoan, Oli Bayt haddan ziyod muhabbatga loyiqdir?

Aljavob: Muhabbat ikki qismdir.

Biri, "Ma`noi harfiy" ila, ya`ni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning hurmatidan, Janobi Haq nomi bilan, Hazrati Ali ila Hasan va Husayn va Oli Baytni sevmoqdir. Shu muhabbat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga bo’lgan muhabbatni ziyodalashtiradi. Janobi Haqqa nisbatan muhabbatga olib boradi. Shu muhabbat shar`iydir; ziyodalashishi zarar bermaydi, chegaradan chiqilmaydi, boshqalarga nafrat va adovatni uyg’otmaydi.

Ikkinchisi, "Ma`noi ismiy" ila muhabbatdir. Ya`ni, bevosita o’zlarini sevadi. Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomni xayoliga keltirmay, Hazrati Alining qahramonliklarini va kamolini va Hazrati Hasan va Husaynning yuksak fazilatlarini o’ylab sevadi Hatto Allohni bilmasa-da, payg’ambarni tanimasa-da, yana ularni sevadi. Bunday sevish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom muhabbatiga va Janobi Haq muhabbatiga olib bormaydi. Agar u ziyodalashsa, boshqalarga nafrat va adovatni uyg’otadi.

Shu tarzda, Payg’ambarimiz ishoralariga muvofiq, Hazrati Ali haqqiga haddan ziyod muhabbatlari tufayli, Hazrati Abu Bakris-Siddiq bilan Hazrati Umardan yuz o’girganlaridan hasoratga (ziyonga) tushganlar. Va bu manfiy muhabbat ziyonga sabab bo’lgan.

Аудио мавжуд эмас