mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 22
(1-103)

Endi ey bechora iymonsiz! Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomni tan olmagan qalbsiz odam! Boq, Qurayshning kattalaridan ikki qaysar, bittagina g’aybiy xabar bilan iymonga keldilar. Qalbing naqadar buzilganki, ma`naviy tavotur ila kelgan shu g’aybiy xabar kabi minglab mo’`jizalarni eshitmoqdasan, yana tom qanoat hosil qilmayapsan! Nima bo’lsa ham.., mavzuimizga qaytaylik.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, Badr jangida, Hazrati Abbos sahobalarning qo’liga asir tushgan vaqtda fidyai najot (najot jarimasi) so’raldi. U esa, "Pulim yo’q" dedi. Hazrati Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qildiki: "Rafiqang Ummu Fazl yonida buncha pulni falon yerga qo’ygansan." Hazrati Abbos tasdiqlab, "Ikkimizdan boshqa hech kimsa bilmagan bir sir edi," dedi. O’sha onda kamoli iymonni qozonib musulmon bo’lgan.

* Yana, qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, zararkunanda bir sehrgar bo’lmish Labidi Yahudiy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ranjitmoq uchun ajib va ta`sirli bir sehr qilgan. Bir taroqqa sochlarni o’ragan, sehr qilgan va quduqqa tashlagan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Hazrati Aliga va sahobalarga farmon berganki: "Boringlar, falon quduqdan falon sehr buyumlarini topib keltiringlar!" Borganlar, aynan o’shani topib keltirganlar. Har bir ip yechilganda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir rohatsizlikdan forig’ bo’lardi.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, Abu Hurayra va Huzayfa kabi buyuk zotlardan iborat bir hay`at ichida Rasuli Akram Alayhissalot Vassalom bashorat qilib:

 ضِرْسُ اَحَدِكُمْ فِى النَّارِ اَعْظَمُ مِنْ اُحُدٍ deya, bir kishining dindan chiqishi bilan mudhish oqibat topishini (ya`ni o’limini) xabar bergan. Abu Hurayra deydi: "O’sha hay`atdan, men bir odam ikkimiz qoldik. Men qo’rqdim. So’ngra xaligi odam Yamoma jangida Musaylama tarafida topilib, murtad o’laroq qatl etildi." Payg’ambarimiz xabarining haqiqati chiqdi.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, Umayr va Safvon musulmon bo’lmaslaridan avval, katta bir mol evaziga Payg’ambarni (A.S.M.) qatl etishga qarorlashishdi. Umayr Shu niyat bilan Madinaga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Umayrni ko’rdi, yoniga chaqirib dedi: "Safvon bilan niyatlaringiz bunday!" Qo’lini Umayrning ko’ksiga qo’ydi. Umayr "Ha" dedi va musulmon bo’ldi.

Yana bular kabi juda ko’p sahih g’aybiy xabarlar ro’yobga chiqqan. Mashhur "Kutubi Sittai Sahihai Hadisiya"da zikr etilgandir va hujjatlari bilan bayon qilingandir. Bu risoladi bayon qilingan voqealarning aksariyati ma`naviy tavotur hukmida qat`iydir, yaqiyniydir (ishonchlidir). Boshda Buxoriy va Muslim bo’lib, Qur`ondan so’ng eng sahih kitob ekanini ahli tahqiq (haqligini aniqlovchilar) qabul qilgan. Va qolgan Sahihi Termiziy, Nasoi va Abu Dovud va Musnadi Hokim va Musnadi Ahmad ibni Hanbal va Daloili Bayhoqiy kabi kitoblarda an`anasi (kim-kimdan kelgani) bilan bayon qilingandir.

Аудио мавжуд эмас