mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 23
(1-103)

Endi, ey mulxidi behush! (es-hushi yo’q iymonsiz) "Muhammadi Arabiy (A.S.M.) aqlli odam edi" deb voz kechma. Chunki shu g’aybiy ishlarga doir ixboroti sodiqai Ahmadiya (A.S.M.) ikki jihatdan xoli emas. Yo deysanki: "Ul muqaddas zotda shunday bir keskin nazar va keng bir daho borki, moziy va istiqbolni va butun dunyoni ko’rib biladigan va olamning har tarafini va sharq va g’arbni tomosha etadigan ko’zi va o’tmish va kelajak barcha zamonlarni kashf eta oladigan bir dahosi bordir." Bunday hol esa, insonda bo’lmaydi. Agar bo’lsa ham, tarafidan berilgan bir xoriqo, bir ehson bo’ladi. Bu esa, faqatgina bir mo’`jizai a`zamdir. Va yohud ishonasanki, Ul zoti muborak shunday bir zotning ma`muri va shogirdidirki, har narsa uning nazarida va tasarrufidadir. Va butun anvoi koinot va butun zamonlar uning amri ostidadir. Daftari kabirida har narsa yozilgan. Istagan paytda talabasiga bildiradi va ko’rsatadi. Dyemak, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalom Ustodi Azaliydan dars oladi va shularni dars beradi.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, Hazrati Xolidni jang uchun Duvmatul-Jandal raisi bo’lmish Uqaydirning oldiga yuborgan vaqt bashorat qilib:
 
اِنَّكَ تَجِدُهُ يَصِيدُ الْبَقَرَ deya, U yovvoyi sigir ovida qatnashishini, kurashsiz qo’lga olinishini xabar qilgan. Hazrati Xolid ketgan, aynan o’shanday bo’lgan, qo’lga kiritgan va keltirgan.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, Qurayshiylar Bani Hoshimiyga qarshi yozgan va Ka`baning devoriga osgan sahifalari haqida bashorat qilib: "Qurtlar yozuvlaringizni egan, yolg’iz sahifadagi Ilohiy ismlarga tegmaganlar!" deya xabar bergan. So’ngra sahifaga qaraganlar, aynan aytilganidek chiqqan.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, "Baytul-Maqdis fathida buyuk bir vabo tarqaladi..." deya bashorat qilgandi. Hazrati Umar zamonida Baytul-Maqdis fath etildi. Va shunday bir vabo tarqadiki, uch kunda yetmish ming o’lim yuz berdi.

* Yana, sahih rivoyatga ko’ra, u vaqtda hali mavjud bo’lmagan Basra va Bag’dodning vujudga kelishini va Bag’dodga butun dunyodan xazinalar keltirilishini; hamda turklar va Xazor dengizi atrofidagi millatlar bilan arablar jang qilishini, so’ngra ko’pchilik Islomga kirishini; arablarga arablar ichida hokim bo’lishlarini xabar bergan. Deganki:

يُوشِكُ اَنْ يَكْثُرَ فِيكُمُ الْعَجَمُ يَأْكُلُونَ فَيْئَكُمْ وَيَضْرِبُونَ رِقَابَكُمْ

*
Аудио мавжуд эмас