mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 26
(1-103)

Barakotga doir qat`iy mo’`jizalar.

Birinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim – Kutubi Sittai Sahiha (Olti sahih hadis kitoblari) muttafiqan (bir ovozdan) xabar beradilarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning Hazrati Zaynab bilan nikohlanish to’ylarida Hazrati Anasning volidasi Ummu Sulaym bir-ikki hovuch xurmoni yog’da qovurdi va bir idishga solib, Hazrati Anas orqali Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomga yubordi. Anasga farmon etdiki, "Falon, falon odamni chaqir, yana kimga duch kelsang taklif qil!" Anas ham kimga duch kelsa chaqirdi. Uch yuztacha sahoba kelib Suffa va hujrai saodatni to’ldirdilar. Farmon qildi: تَحَلَّقُوا عَشَرَةً عَشَرَةً ya`ni, "O’nta, o’ntadan xalqa bo’linglar!" So’ngra muborak qo’lini o’sha ozgina taom ustiga qo’yib duo qildi va "Marhamat" dedi. Butun o’sha uch yuz odam yyedilar, to’yib o’rinlaridan turdilar. Anasga "Olib qo’y" deya farmon qildi. Anas aytadiki: "Bilmadim, idishni qo’ygan vaqtim taom ko’pmidi, yo’qsa olgan vaqtim ko’pmidi? Farqlay olmadim!"

* Ikkinchi Misol: Mehmondori Nabaviy (Payg’ambarni mehmon qilgan) Abu Ayyubi Ansoriy uyiga payg’ambar tashrif buyurgani haqida Abu Ayyub deydiki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom va Abu Bakri Siddiqqa kifoya qiladigan ikki kishilik yyegulik hozirladim.

Unga farmon qildi: اُدْعُ ثَلَثِينَ مِنْ اَشْرَافِ اْلاَنْصَارِ o’ttiz odam keldilar, yyedilar. So’ngra farmon qildi: اُدْعُ سِتِّينَ  yana oltmish odamni chaqirdim, keldilar, yyedilar. So’ngra farmon qildi اُدْعُ سَبْعِينَ yana yetmish odamni chaqirdim, keldilar, yedilar. Idishlarda yemak yana qoldi. Hamma kelganlar u mo’`jiza qarshisida Islomiyatga kirib, bay`at berdilar. U ikki kishilik taomdan yuz sakson odam yedi.

* Uchinchi Misol: Hazrati Umar ibnil-Hattob va Abu Hurayra va Saloma ibnil-Aqvo va Abu Amrotal-Ansoriy kabi zotlardan bir necha silsila bilan kelgan rivoyatda deyiladi:

Bir g’azvada (jangda; g’azotda) qo’shin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga murojaat qildilar. U farmon berdiki: "Xurjunlaringizda qolgan yeguliklarni to’plangiz!" Har kim oz-ozdan xurmo keltirdi. Eng ko’p keltirgani to’rt xovuch bo’ldi. Bir bo’yraning ustiga qo’ydilar.

Salama derki: "Jamini men chamalaganimda, bor-yo’g’i yotgan echkidek kelardi."

So’ngra, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom barakoti uchun duo qilib, farmon berdi: "Har kim idishini olib kelsin!"

Аудио мавжуд эмас