mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 29
(1-103)

* O’n beshinchi Misol: Boshda Termiziy va Imom Bayhaqiydek muhaqqiqlar bir ovozdan Hazrati Abu Hurayradan sahih ravishda xabar beradilarki, Abu Hurayra deydi:

Bir g’azvada, ya`ni jangda - boshqa bir rivoyatda G’azvai Tabukda - qo’shin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilib هَلْ مِن شَيْءٍ Ya`ni "Biror narsa bormi?" dedi. Men dedim: "To’rvamda bir oz xurmo bor." (Yana bir rivoyatda o’n besh dona) «Keltir»! dedi. Keltirdim. U muborak qo’lini suqib bir tutam oldi. Bir idishga solib, barakoti uchun duo qildi. So’ngra, askarlarni o’nta-o’ntadan chaqirdi; hammalari yedilar. So’ngra farmon qildi:
 
خُذْ مَا جِئْتَ بِهِ وَاقْبِضْ عَلَيْهِ وَلاَ تَكُبَّهُ Men to’rvamni olib, qo’limni unga suqdim. Avval qancha bo’lsa, o’sha miqdorda qo’limga chiqdi. O’sha xurmolarni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom davrida ham, Abu Bakr va Umar va Usmon davrlarida ham edim. (Boshqa bir silsilada rivoyat qilinganki, u xurmolardan necha qopini fisabililloh ulashdim. So’ngra Hazrati Usmon qatl qilingan vaqtda u xurmo idishi bilan tortib olinib musodara qilindi; yo’q bo’ldi.)

Xullas, hojai koinot bo’lmish Fahri Olam Alayhissalotu Vassalomning muqaddas madrasasi va takiyasi bo’lgan Suffaning metin bir ahamiyatli talabasi va muridi va xotira quvvatining ziyodalashishi uchun duoi Nabaviyaga sazovor bo’lgan Hazrati Abu Hurayra xabar bergan va G’azvai Tabukdek insonlar ko’p yig’ilgan bir joyda sodir bo’lgan shu mo’`jizai barakot ma`nan butun qo’shinning so’zidek qat`iy va quvvatli bo’lishi kerak.

* O’n oltinchi Misol: Boshda Buxoriy, sahih kitoblar - qat`iy naql bilan - bayon qiladilarki: "Hazrati Abu Hurayra och edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning orqasidan borib, manzili saodatga yetdilar. Qarasalar, u yerda bir qadah sutni hadya qilib keltirishgan ekan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom amr qildi: "Ahli Suffani chaqir!" Men qalbimdan dedimki: "Bu sutning hammasini o’zim ichib yuboraman, men yanada ziyoda muhtojman." Ammo Payg’ambar buyurgani uchun ularni to’plab, olib keldim. Yuzovi ham och edi. "Ularga ichir" deb farmon qildi. Men ham u idishdagi sutni bittama bitta berdim. Har biri to’ygunga qadar ichar, so’ng boshqasiga berardim. Bunday birma-bir ichirish bilan butun ahli Suffa ul sof sutdan ichdilar. So’ngra farmon qildiki بَقِىَ اَنَا وَاَنْتَ فَاشْرَبْ Men ichdim. Ichgan sarim, "Ich!" deb farmon qilardi. Oxiri Men dedim: "Seni haq bilan yuborgan Zoti Zuljalolga qasam qilamanki, ichishga joy qolmadi." So’ngra o’zlari oldilar va "Bismilloh" deya hamd aytib qolganini ichdilar. Yuz ming ofiyat bo’lsin.

Аудио мавжуд эмас