mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 28
(1-103)

* O’n ikkinchi Misol: Hazrati Imomi Ja`fari Sodiq padarlari Imomi Muhammadul-Bokirdan, u zot ham padarlari Imomi Zaynalobidindan, u zot ham Imomi Alidan rivoyat qiladilarki, Fotimatuz-Zahro faqat ikki kishiga yetadigan bir ovqat pishirdi. So’ngra, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ham yesin deya Ali orqali  chaqirtirdi. U tashrif buyurdi va u ovqatdan har bir ayoliga bir kosadan jo’natilishini amr qildi. So’ng ul Hazratga, ham Aliga, ham Fotima va bolalariga bir kosadan olindi. Keyinroq Hazrati Fotima shunday deydi: "Qozonimizni ko’tardik, hali ham to’lib toshardi. Allohning irodasi bilan, o’sha ovqatni ancha vaqtgacha yedik."

Ajabo, nechun bu nuroniy va yuksak rivoyat silsilasidan kelgan shu mo’`jzai barakotga, ko’z bo’lan ko’rgandek ishonmayapsan? Ha, bunga qarshi shayton ham bahona topolmas.

* O’n uchunchi Misol: Abu Dovud va Ahmad ibni Hanbal va Imomi Bayhaqiy kabi sodiq (to’g’ri so’z) imomlar, Dukaynul-Ahmas ibni Saidil-Muzayndan, ham olti aka-uka bilan birgalikda payg’ambarla suhbatga musharraf bo’lgan va sahobalardan bo’lmish Nu`mon ibni Muqarrinil-Ahmasiyyil-Muzayndan, ham Jarirdan rivoyat qilib, bir necha silsila orqali Hazrati Umar ibnil-Hattobdan rivoyat qiladilarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Hazrati Umarga amr qildi: "Ahmasiy qabilasidan kelgan to’rt yuz otliqqa safar uchun yo’l ozuqasi ber!" Hazrati Umar dedi: "Yo Rasululloh! Mavjud zahira atigi bir necha sa`dir (kilodir). Jami, yotgan tuya bolasidek chiqadi." Farmon qildi: "Olib borib ber!" U ham ketdi, yarim qop xurmodan to’rt yuz suvoriyga yetadigan yo’l ozuqasi berdi. Va dedi: "Hech kamaymagandek avvalgi holicha qoldi."

Mana shu mo’`jizai barakot to’rt yuz odamning, xususan Hazrati Umarning guvohligida ro’y bergandir. Rivoyatlarning ortida bular bor. Bularning sukuti tasdiqdir. Ikki-uch xabari vohid (bir kishidan qilingan xabar) deb voz kechma! Bunday hodisalar xabari vohid bo’lsa ham ma`naviy tavotur hukmida qanoat beradi.

* O’n to’rtinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim, sahih kitoblar xabar beradilarki: Hazrati Jobirning padari vafot etadi. Qarzi ko’p edi. Qarz egalari yahudiylar edi. Jobir otasining asl molini ularga berdi. Qabul qilmadilar. Holbuki, bog’idagi mevalari bir necha yilda ham qarzini to’lashga yetmasdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom farmon qildi: "Bog’ning mevalarini uzib xirmon qiling!" Shunday qildilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom xirmon ichida kezdi va duo qildi. So’ngra, Jobir xirmondan padarining qarzini butun qarzini bergandan keyin, Yana xirmonda bog’an chiqadigan bir yillik hosil qoldi. Boshqa rivoyatda, butun qarzga bergan miqdorida qoldi. O’sha hodisadan qarz egalari bo’lmish yahudiylar juda taajjublanib hayratda qoldilar.

Mana shu barakotga doir ochiq mo’`jiza faqat Hazrati Jobir kabi bir necha roviylarning xabarigina emas, balki ma`naviy tavotur hukmida bo’lib, o’sha hodisa bilan munosabatdor bo’lgan va haddi tavotur darajasida, ko’p odamlarning vakili sifatida rivoyat qilganlar.

Аудио мавжуд эмас