Muqaddima.
Quyidagi barakotli mo’`jizalarning misollaridan har biri bir necha silsila bilan, hatto ba`zilari o’n olti silsila bilan sahih bir suratda naql bo’lib kelgan. Aksariyat qismi katta bir jamoatning huzurida sodir bo’lgan. O’sha jamoat ichidagi mo’`tabar va sodiq insonlar ulardan bahs yuritib naql qilganlar. Masalan, "Sa` deyilgan to’rt hovuch taomdan etmish odam yegan va to’ygan" deb naql qilinadi. O’sha yetmish odam uning so’zini eshitgan, uni yolg’onchiga chiqarmaganlar. Dyemak sukut bilan tasdiqlaganlar. Holbuki, o’sha rostgo’ylik va haqiqat asrida va o’sha haqparvar va jiddiy va to’g’ri odam bo’lgan sahobalar zarra miqdor yolg’onni ko’rganda yolg’on deb aytgan. Holbuki, biz bahs yuritmoqchi bo’lgan voqealarni ko’plar rivoyat qilgan., qolganlar esa sukut bilan tasdiqlagan. Dyemak, har bir hodisa ma`nan mutavotir kabi qat`iydir. Ham sahobalar Qur`on oyatlarini yodlashdan so’ng, eng ziyoda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning amallari va so’zlarini yod olishga, boxusus hukmlarga va mo’`jizalarga doir holatlarini esda saqlash uchun bor quvvatlari bilan tirishganlariga va sofligi uchun juda ham diqqat qilganlariga tarix va siyar shahodat bermoqda. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga oid eng kichik bir harakatni, bir siyratni, bir holni e`tibordan chetda qoldirmaganlar. Va qoldirmaganlariga va qayd etganlariga hadis kitoblari shahodat beradi. Ham Asri Saodatda, mo’`jizalarni va hukmlarga doir hadislarni ko’plar yozish orqali qayd etdilar. Xususan, Abodilai Sab`a (yetti Abdulloh) yozish orqali qayd etdilar. Xususan, "Tarjimoni Qur`on" bo’lmish Abdulloh ibni Abbos va Abdulloh ibni Amir ibnil-Os, boxusus o’ttiz-qirq yil so’ngra tobe`inlarning minglab muhaqqiqlari hadislarni va mo’`jizalarni yozish orqali qayd etdilar. Undan ham so’ngra, boshda mujtahid imomlar va minglab muhaqqiq muhaddislar naql qildilar. Yozish bilan muhofaza qildilar.
اَلْحَمْدُ ِللّهِ هذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
Mana shunga binoan, "Shu zamonga qadar uzun masofani bosib kelgan o’sha zamondagi bu hodisalar o’zgarib ketmagan va sof saqlanganini qanday bilamiz?" deyishni xotiraga ham keltirmaslik darkor.