mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 27
(1-103)

Yugurib keldilar. Qo’shin ichida hech bir idish qolmadi, hammasini to’ldirdilar. Yana ortib ham qoldi.

Sahobalardan bir roviy deydi: «U barakotning davom etishidan angladimki, agar butun yer ahli kelsaydi, ularga ham yetardi»"

* To’rtinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim, sahih kitoblar bayon qiladilarki, Abdurrahmon ibni Abu Bakri Siddiq deydi: "Biz Yuz o’ttiz sahoba bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan birga edik. To’rt xovuch miqdoridagi bir sa` non uchun xamir qilindi. Hamda bir echkini so’yib pishirildi. Faqatgina jigar va buyraklari kabob qilindi. Qasam ichib aytamanki, u kabobdan yuz o’ttiz sahobaning har biriga bir parchadan kesib berdi. So’ngra, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom pishgan go’shtni ikkita kosaga soldi. Hammamiz to’yguncha yedik. Ortib ham qoldi. Men ortganini tuyaga yukladim."

* Beshinchi Misol: Sahih kitoblar qat`iyat bilan bayon qiladiki, Garrai Ahzob g’azotida (jangida), mashhur Handaq kunida, Hazrati Jobirul-Ansoriy qasam bilan e`lon qiladi. O’sha kuni to’rt xovuch bo’lgan bir sa` arpa nonidan, bir yasharlik echki ulog’idan ming odam yedilar va o’shandagicha qoldi. Hazrati Jobir deydiki: "O’sha kuni taom meni uyimda pishirilgandi. Ming odamning hammasi o’sha bir sa` arpa nonidan, o’sha bitta uloq go’shtidan yeb tarqadilar. Xaligacha qozonimiz to’la qaynamoqda, xaligacha xamirimizdan non yopilmoqda. O’sha xamirga va qozonga muborak og’zining suvini solib, barokati uchun duo qilgandi."

Mana shu mo’`jizai barakotni mingta zotning huzurida, ularni unga aloqador ko’rsatib, Hazrati Jobir qasam bilan e`lon qilmoqda. Demak shu hodisani ming odam rivoyat qilgandek qat`iy deyish mumkin.

* Oltinchi Misol: Qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, xodimi Nabaviy (Payg’ambar xizmatida bo’lgan) Hazrati Anasning amakisi mashhur Abu Talha deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom yetmish-sakson odamni Anas qo’ltig’iga qisib olib kelgan ozgina arpa nonidan to’ygunlaricha yedirdi. "Shu ozgina nonni bo’lib-bo’lib qo’yingiz,"» deya amr qildi va barakoti uchun duo qildi. Joy tor bo’lganidan, o’nta-o’nta kelib yedilar va to’yib qaytdilar.

* Yettinchi Misol: Qat`iyan sahih rivoyatga ko’ra, Shifoi Sharif va Muslim kabi sahih kitoblar bayon qiladilarki, Hazrati Jobirul-Ansoriy deydi: "Bir zot Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan ayoli uchun taom so’radi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom yarim qop arpa berdi. Ko’p vaqtgacha u odam ayoli bilan va mehmonlari bilan o’sha arpadan yedilar. Qarasalar tugamayapti. Qancha qolganini bilish uchun o’lchab ko’rdilar. So’ngra barakot ham ko’tarildi, kamayishga boshladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga kelib voqeani bayon qildi. Unga javoban marhamat qildi: لَوْ لَمْ تَكِلْهُ َلاَكَلْتُمْ مِنْهُ وَلَقَامَ بِكُمْ Ya`ni, "Agar tarozi bilan o’lchab tajriba qilmaganingizda, umringiz oxirigacha yetardi."

Аудио мавжуд эмас