mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 30
(1-103)

Xullas, shu sof xolis, sutdek latif, shubhasiz yaqqol barakot mo’`jizasi, besh yuz ming hadisni yod olgan Hazrati Buxoriy boshda o’laroq, Sahih olti kitobdagi rivoyatlar, ko’z bilan ko’rgandek qat`iydir. Shu bilan birga, madrasai qudsiyai Ahmadiya (A.S.M.) bo’lmish Suffaning nomdor, sodiq, hofiz bir shogirdi (talabasi) bo’lgan Abu Hurayra, butun Suffa ahlini ma`nan guvoh qilib, go’yo barchasining timsoli sifatida aytgan shu xabarni, tavotur darajasida qat`iy qabul qilmagan insonning yo qalbi buzuq va yohud aqli yo’q. Ajabo, Hazrati Abu Hurayradek sodiq va butun hayotini hadisga va dinga vaqf qilgan (bag’ishlagan) hamda

 وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ hadisini eshitgan va rivoyat qilgan bir zot, hech mumkinmiki, yodida saqlayotgan ahodisi Nabaviyaning qiymatini tushirib va sofligiga shubha qilib, ahli Suffaning tanqidiga nishon bo’ladigan xilof bir so’zni va asossiz bir voqeani so’ylashga jur`at qilsa? Aslo!..

Yo Rob! Shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning barakoti hurmatidan, bizga ehson etganing moddiy va ma`naviy rizqimizga barakot ehson qil!..

Muhim bir Nuqta.

Ma`lumdirki, zaif narsalar jamlangan sari quvvatlashadi. Nozik iplar o’rilsa mustahkam arqon bo’ladi. Mustahkam arqon o’rilsa, hech kim uzolmaydi. Mana o’n besh xil mo’`jizalardan yolg’iz barakot qismidagi mo’`jizalarni va u qismning o’n beshta qismidan atigi bitta qismini o’n besh misol bilan ko’rsatdik. Har bir misol yakka o’zi Payg’ambarlikni isbotlash darajasida quvvatli edi. Farazan, ulardan bir qismini quvvatsiz (zaif) hisoblasak ham, baribir quvvatsiz deyolmaymiz. Chunki, quchli bir ittifoq qilgan kuchlilashadi. Hamda, shu o’n besh misolning jami, qat`iyan shubhasiz bo’lgan bir ma`naviy tavotur ila, bir mo’`jizai kubroni ko’rsatadi. Endi, shu majmuadagi mo’`jizai kubroga, barakot mo’`jizalarining bu yerda zikr qilinmagan o’n to’rt qismi qo’shilsa, mustahkam arqonlarni o’rilgani kabi, uzish mumkin bo’lmagan bir mo’`jizai akbar bo’ladi. So’ngra shu mo’`jizai akbarni boshqa o’n to’rt xildagi mo’`jizalarning majmuasiga qo’shib ko’rki, nubuvvati Ahmadiyaning (A.S.M.) dalili qay daraja mustahkam, tebranmas va qat`iy ekanini ko’rsatadi. Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (A.S.M.) ustuni shu majmuadan tashkil topgan va tog’dek mustahkam bir ustundir. Endi, mayda masalalarda va misollarda, noto’g’ri anglashdan kelib chiqqan shubhalar bilan, ul metin saqfi mualloni (yuksaklardagi ko’k yuzini) sabotsiz va qulashga moyil darajada ko’rmoq, qay daraja aqilsizlik ekanini anglading. Ha, barakotga doir ul mo’`jizalar ko’rsatmoqdalarki, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalom barchaga rizq berguvchi va rizqlarini yaratuvchi Rahiym va Kariym bir Zotning suyukli ma`muridir va ko’p hurmatli bir bandasidirki, rizqning turli navlari bilan, odatiga xilof tarzda, unga yo’qdan va butunlay g’aybdan ziyofatlar yuborgan. Ma`lumdirki, Jaziratul-Arab (Arabiston yarim oroli) suvi va ziroati oz bir yerdir. Shuning uchun aholisi, xususan Islomning ilk davridagi sahobalar kun kechirishda qiyinchilikka duchor edilar. Ham suvsizlikka ko’p marta giriftor bo’lardilar. Mana shu hikmatga binoan, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning ochiq mo’`jizalarining eng muhimlari taom va suv xususida sodir bo’lgan. Bu xoriqolar Payg’ambarlik da`vosiga dalil va mo’`jiza bo’lishdan ham ziyoda, ehtiyojga binoan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga bir ikromi Ilohiy, bir ehsoni Rabboniy, bir ziyofati Rahmoniy hukmidadir. Chunki, bu mo’`jizani ko’rganlar, Payg’ambarligini tasdiqlaganlar edi. Biroq, mo’`jizani ko’rgan sari, iymon ziyodalashaveradi. Nur ustiga (a`lo) nur bo’ladi.

 

Аудио мавжуд эмас