mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 32
(1-103)

Mana shu misolni Hazrati Anas uch yuz kishi nomidan vakil sifatida xabar bermoqda. O’sha uch yuz kishi shu xabarda ma`nan ishtirok etmasligi, ham ishtirok etmagan taqdirda yolg’on deb aytmasligi mumkinmi.

* Ikkinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, sahih kitoblar xabar beradilarki, Hazrati Jobir ibni Abdullohil-Ansoriy bayon qiladi: "Biz bir ming besh yuz kishi, Hudaybiya jangida suvsadik (chanqadik). Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qirba deb atalgan, teridan qilingan bir idishdan suv olib tahorat qildi. So’ngra qo’lini ichiga suqdi. Ko’rdimki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqardi». Bir ming besh yuz kishi ichib, idishlarini to’ldirib oldilar."  Salim ibni Abu Ja`d Jobirdan so’ragan: Qancha kishi ediniz?" Jobir deganki: "Yuz ming kishi bo’lganda ham, baribir yetardi. Ammo biz bir ming besh yuz kishi edik."

Mana shu ochiq mo’`jizaning roviylari, manan bir ming besh yuztadir. Chunki, insonning fitratida, yolg’onga "yolg’on" deydigan bir orzu mayli bor. Sahobalar esa, sidq va to’g’rilik uchun, jonu mol va padaru volidalarini va qavmu qabilalarini fido qilib, rostlik va haq uchun fidoyi bo’lganlari holda; hamda, "Bilib turib mendan yolg’on xabar bergan, jahannam otashidan o’ziga joy hozirlasin!" mazmunidagi hadisi sharifning tahdidini bilib turib, yolg’onlarga nisbatan sukut saqlashlari mumkin emasdir. Modomiki, sukut saqlagan ekanlar, demak, u xabarni qabul qilganlar, ma`nan ishtirok etib tasdiqlaganlar.

* Uchinchi Misol: Buvat jangida, – deya, Yana Buxoriy, Muslim boshda.., sahih kitoblar bayon qiladilarki, – Harati Jobir deydi: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom farmon qildi: نَادِ بِالْوُضُوءِ "Tahorat olinsin deb jar sol!" Javoban: "Suv yo’q" dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom dedi: "Ozgina suv topingiz." G’oyatda oz suv keltirdik. So’ngra, o’sha oz suv ustiga qo’lini yopib, bir narsalarni o’qidi, bilmadim nima edi. So’ngra farmon etdi:  رِدْنَا بِجَفْنَةِ الرَّكْبِ Ya`ni, "Jamoatning katta idishini keltir." Menga keltirildi, men esa Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning oldiga qo’ydim. U esa, qo’lini ichiga tiqib barmoqlarini ochdi. Men esa o’sha oz suvni muborak qo’li ustiga to’kardim. Ko’rdimki, muborak barmoqlaridan ko’p miqdorda suv oqardi. So’ngra idish to’ldi. Suvga muhtoj bo’lganlarni chaqirdim. Barchasi kelib o’sha suvdan tahorat oldilar va ichdilar. Men dedim: Boshqa hech kim qolmadi." Qo’lini tortdi, u idish labigacha to’la holida qoldi.

Аудио мавжуд эмас