mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 35
(1-103)

* To’qqizinchi Misol: Mashhur Abdulloh ibni Amr ibnil-Osning nevarasi va to’rt imom ham unga ishonib va undan hadis olgan zot – Amr ibni Shuaybdan, sahih naql ila, xabar beradilarki, u degan: "Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom amakisi Abu Tolib bilan tuyaga minib Arafot etagidagi Zilhijoz nomli joyga kelgan vaqtlari Abu Tolib degan: "Men chanqadim." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom tushib, yerga oyog’ini urganda suv chiqqan va Abu Tolib ichgan." Muhaqqiqlardan biri deganki: "Shu hodisa payg’ambarlik kelishidan avval bo’lganidan, irhosot sirasiga kirishi bilan birga, ming yildan keyin aynan shu joyda Arafot chashmasining chiqishi, o’sha hodisaga binoan bo’lgan bir karomati Ahmadiya (A.S.M.) deb hisoblash mumkin.

Shu to’qqiz misolga aynan o’xshagan misollar to’qsonta bo’lmasa-da, lekin to’qson xil suratdagi rivoyatlar suvga oid mo’`jizalardan xabar bergan. Dastlabki etti misol, ma`naviy tavotur kabi qat`iy va quvvatlidir. Oxiridagi ikki misol, garchi unchalik silsilalari quvvatli va ko’p sonli bo’lmasa-da va roviylari ham ko’p bo’lmasa-da, biroq sakkizinchi misolda Hazrati Umardan rivoyat qilingan mo’`jizai sahobiyani ta`kid va tasdiq etgan ikkinchi bir mo’`jizai sahobiya va boshda Imomi Bayhaqiy va Hokim o’laroq sahih kitoblar Hazrati Umardan xabar beradirlarki: Hazrati Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan yomg’ir duosini qilishini niyoz etdi. Chunki, qo’shin suvga muhtoj edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’lini duoga ko’tardi. Birdan bulut to’planib, yomg’ir yog’di. Qo’shinning ehtiyojiga yarasha suv berdi, so’ngra ketdi. Go’yoki, faqatgina qo’shinga suv bermoq uchun buyurilgandek, keldi, ehtiyojga yarasha berdi va ketdi.

Shu hodisa qanday qilib sakkizinchi misolni quvvatlasa va qat`iy isbotlasa, xuddi shuningdek, shu hodisada mashhur allomalardan va tashihda haddan tashqari talabchan bo’lgan, hatto ko’p sahihlarni mavzu deb qabul etmagan Ibni Javziy kabi bir muhaqqiq deydiki: "Shu hodisa mashhur Badr g’azotida sodir bo’lgan.
 
وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُمْ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً لِيُطَهِّرَكُمْ بِهِ oyati karimasi u hodisani bayon qilib, ifodalaydi." Modomiki, oyat u hodisani ko’rsatar ekan, qat`iyligida shubha qolmaydi.

Hamda, duoi Nabaviy sabab, birdaniga va sur`at bilan va hali qo’lini tushirmasdanoq yomg’irning kelishi (bu ko’p takrorlangan) tamoman mutavotir bo’lgan mo’`jizadir. Ba`zi mahalda masjidda, minbar ustida qo’lini duoga ko’targan, hali tushirmasdanoq yog’gani ham tavotur ila naql qilingan.

 

Аудио мавжуд эмас