mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 34
(1-103)

* Oltinchi Misol: Yana Muslim va Ibni Jariri Tobariydek hadisning dohiy imomlari boshda o’laroq, sahih kitoblar, sahih naql bilan, mashhur Abu Qatodadan xabar beradilarki, Abu Qatoda deydi: "Mashhur Muta g’azotida, raislarning guvohligida yordamga ketayotgan edik. Menda bir yog’och idish bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom menga farmon qildi:
 
اِحْفَظْ عَلَىَّ مِيضَئَتَكَ فَسَيَكُونُ لَهَا نَبَاٌ عَظِيمٌ Ya`ni, "Idishingni yo’qotma, u hali katta ish beradi." So’ngra suvsizlik boshlandi. Yetmish ikki kishi edik. (Tobariyning rivoyatiga ko’ra, "Uch yuzta edik.") Suvsiz qoldik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom: "Idishni keltir" – dedi. Men keltirdim. U esa olib, og’zini og’ziga tutdi, ichiga dam urdimi, yo’qmi bilmadim, so’ngra yetmish ikki kishi kelib ichdilar va idishlarini to’ldirdilar. So’ngra idishimni olganimda, berganim miqdordagi suv qolgandi.

Mana shu mo’`jizai bohirai Ahmadiyani (A.S.M.) ko’r,

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ وَ عَلَى آلِهِ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْمَاءِ de!

* Yettinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim o’laroq, sahih kitoblar Hazrati Imron ibni Husayndan xabar beradilarki, Imron deydi: "Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan birga suvsiz qoldik. Menga va Aliga farmon berdiki, "Falon joyda bir ayol ikki mesh suvni bir hayvonga ortib ketyapti. Olib bu yerga keltiringiz." Men va Ali birgalashib ketdik. Ayni aytilgan yerda ayolni yuki bilan birga topdik va keltirdik. So’ngra amr qildi: "Bir idishga ozgina suvdan solingiz." Biz soldik. U barakoti uchun duo qildi. So’ngra yana suvni hayvondagi meshga quydik. Farmon berdiki: "Hamma kelib idishini to’ldirsin." Butun olamon kelib idishlarini to’ldirdilar, ichdilar.  So’ngra farmon berdi: "Ayolga hadyalar beringiz." Ayolning etagini to’ldirdilar. Imron deydiki: "Meni xayolimda, borgan sari ikki mesh to’lib, toshib ketadigandek bo’lardi." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’sha ayolga marhamat qildiki:
 
اِذْهَبِى فَاِنَّا لَمْ نَأْخُذْ مِنْ مَائِكِ شَيْئًا وَلكِنَّ اللّهَ سَقَانَا Ya`ni, "Biz sening suvingdan olmadik, balki Janobi Haq bizga xazinasidan suv ichirdi."

* Sakkizinchi Misol: Boshda mashhur Ibni Huzam o’zining "Sahih"ida, roviylar Hazrati Umardan naql qiladilarki: "Tabuk G’azotida suvsiz qoldik. Hatto, ba`zilar tuyasini so’yar, chanqaganidan ichini siqib ichardi. Abu Bakris-Siddiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga duo qiling deb iltimos qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’lini duoga ko’tardi... Hali qo’lini tushirmasdan bulut to’plandi va yomg’ir shunday keldiki, idishlarimizni to’ldirib oldik. So’ngra suv to’xtadi. U qo’shinimizga maxsus bo’lib, biz turgan hududdan tashqariga yog’madi." Demak, tasodif aralashmagan, bu batamom bir mo’`jizai Ahmadiya (A.S.M.)dir.

Аудио мавжуд эмас