mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 36
(1-103)

TO’QQIZINCHI ISHORA.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning anvoyi mo’`jizalaridan biri, daraxtlarning insonlar kabi amrini tinglashlari va yerlaridan ko’chib yoniga kelishlaridirki, daraxtga oid mo’`jizalar ham barmoqlaridan suv oqishi kabi ma`nan mutavotirdir. Bir necha suratlari mavjud va ko’p silsilalar bilan kelgan.

Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning amri uchun, daraxt yeridan chiqib uning yoniga kelishi, ochiqdan ochiq mutavotir deyish mumkin. Chunki, siddiq sahobalarning mashhurlaridan Hazrati Ali, Hazrati Ibni Abbos, Hazrati Ibni Mas`ud, Hazrati Ibni Umar, Hazrati Ya`la, Hazrati Ibni Murra, Hazrati Jobir, Hazrati Anas ibni Molik, Hazrati Burayda, Hazrati Usoma bin Zayd va Hazrati Gaylon ibni Saloma kabi sahobalar, har biri qat`iyat ila, ayni shu daraxtga oid mo’`jizani rivoyat qilganlar, go’yo ikki karra tavotur suratida bizga yetkazishgan. Ushbu daraxtga oid mo’`jizalar hech bir shubhani qabul etmaydigan, qat`iyan ma`naviy bir tavotur hukmidadir.

Endi, shu mo’`jizai kubroning, takrorlangani holda, bir necha xil sahih suratlarini bir necha misol bilan bayon qilamiz.

* Birinchi Misol: Boshda Imomi Moja va Dorimiy va Imomi Bayhaqiy sahih naql ila Hazrati Anas ibni Molikdan va Hazrati Alidan va Bazzoz va Imomi Bayhaqiy Hazrati Umardan xabar beradilarki, uchchala sahoba degan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kofirlarning e`tirozlaridan ta`sirlanib mahzun holatda edi. Dedi:

 يَا رَبِّ اَرِنِى آيَةً لاَ اُبَالِى مَنْ كَذَّبَنِى بَعْدَهَا Anasning rivoyatiga ko’ra, Hazrati Jabroil o’sha yerda hozir edi. Vodiyning chekkasida bir daraxt bor edi. Hazrati Jabroilning ko’rsatmasi bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’sha daraxtni chaqirdi. Daraxt yoniga keldi. So’ngra ket dedi. Yana ketdi, yeriga joylashdi.

* Ikkinchi Misol: Allomai Mag’rib Qozi Iyoz «Shifoi Sharif»da, yuksak bir silsila, to’g’ri va sog’lom an`ana orqali, Hazrati Abdulloh ibni Umardan xabar beradiki, "Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga bir badaviy keldi. Unga so’radilar:

   اَيْنَ تُرِيدُ "Qaerga ketyapsan?" Badaviy: "Ahlimga" deb javob berdi. Yana so’radilar:

 هَلْ لَكَ اِلَى خَيْرٍ مِنْ ذلِكَ   "Undan ham yaxshi bir xayrlikni xohlamaysanmi?" Badaviy: "Nima ekan" deb so’radi. Shunda:

 
Аудио мавжуд эмас