mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 39
(1-103)

* Oltinchi Misol: Hazrati Ya`la o’z silsilasi orqali, sahih naql bilan, xabar beradiki: "Bir safarda talha yoki samura deb atalgan bir daraxt keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning atrofida tavof qilayotganga o’xshab aylandi. So’ngra yana joyiga ketdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilib dediki: اِنَّهَا اِسْتَأْذَنَتْ اَنْ تُسَلِّمَ عَلَىَّ Ya`ni, "Shu daraxt menga salom qilishni istab, Janobi Haqdan so’ragandi."

* Yettinchi Misol: Muhaddislar, sahih naql bilan Ibni Mas`uddan bayon qiladilarki, Ibni Mas`ud dedi: "Botni Nahl deb atalgan joyda Nusaybin jinlari hidoyat istab Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga kelganlarida, bir daraaxt o’sha jinlarning kelayotganlarini xabarini bergan." Ham Imomi Mujohid u hadisni Imomi Mas`uddan naql qilib deydiki: "O’sha jinlar bir dalil istadilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir daraxtga amr qilgandi, yeridan chiqib keldi, so’ngra yana yeriga ketdi." Buni qarang, jin toifasiga bir dona mo’`jiza kifoya qildi.

Ajabo, bu mo’`jiza kabi ming mo’`jizalarni eshitgan bir inson iymonga kelmasa, jinlar يَقُولُ سَفِيهُنَا عَلَى اللّهِ شَطَطًا deya ta`birlashgan shaytonlardan battar shayton bo’lmaydimi?

* Sakkizinchi Misol: Sahihi Termiziy, sahih naql bilan Hazrati Ibni Abbosdan xabar beradilarki, Ibni Abbos deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir arobiyga marhamat qilib dedi: اَرَاَيْتَ اِنْ دَعَوْتُ هذَا الْعِذْقَ مِن هذِهِ النَّخْلَةِ اَتَشْهَدُ اَنِّى رَسُولُ اللّهِ   "Men bu daraxtning shu shoxini chaqirganimda yonimga kelsa, iymon keltirasanmi?" "Ha" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom chaqirdi. U shox daraxtdan ajralib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga sakrab keldi. So’ngra amr qilgandi Yana joyiga ketdi."

Xullas, bu sakkiz misol kabi ko’p misollar bor bo’lib, ko’p silsilalarda naql qilingan. Ma`lumdirki, yetti-sakkiz ip birlashsa, mustahkam bir arqon bo’ladi. Shunga binoan, shu eng mashhur siddiq sahobalardan bir necha silsilalar bilan xabar qilingan shu daraxtga oid mo’`jizalar, albatta ma`naviy tavotur quvvatidadir, balki haqiqiy tavoturdir. Zotan, sahobalardan so’ngra tobeinlarning qo’liga o’tgan vaqti, tavotur suratini oladi. Xususan, Buxoriy, Muslim, Ibni O’ibbon, Termiziy kabi sahih kitoblar, to sahobalar zamoniga qadar, u yo’lni shu qadar sof tutganlarki, masalan, Buxoriyda ko’rmoq, aynan sahobadan eshitgan kabidir.

Ajabo, ul Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga daraxtlar – misollarda ko’rilganidek – Uni tanib, payg’ambarligini tasdiqlab, Unga salom ila ziyorat etib, amrlarini tinglay itoat qilgani holda, o’zlarini inson deb bilgan bir qism jonsiz, aqlsiz maxluqlar Uni tanimasa, iymon keltirmasa, qurigan daraxtdan ham tuban, o’tin parchasidek ahamiyatsiz, qiymatsiz o’laroq otashga loyiq bo’lmasmi?

 

Аудио мавжуд эмас