mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 41
(1-103)

Hazrati Burayda silsilasida deydiki, ustun yig’lagandan so’ngra, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’lini uning ustiga qo’yib marhamat qildi:

اِنْ شِئْتَ اَرُدُّكَ اِلَى الْحَائِطِ الَّذِى كُنْتَ فِيهِ تَنْبُتُ لَكَ عُرُوقُكَ وَيَكْمُلُ خَلْقُكَ وَيُجَدَّدُ خُوصُكَ وَثَمَرُكَ وَاِنْ شِئْتَ اَغْرِسُكَ فِى الْجَنَّةِ يَاْكُلُ اَوْلِيَاءُ اللّهِ مِنْ ثَمَرِكَ

So’ngra, u ustun nima deydi deb tingladi. Ustun so’yladi va buni orqadagi odamlar ham eshitdi. Shunday dedi:
 
اِغْرِسْنِى فِى الْجَنَّةِ يَاْكُلُ مِنِّى اَوْلِيَاءُ اللّهِ فِى مَكَانٍ لاَ يَبْلَى Ya`ni, "Jannatga meni ekkinki, mening mevalarimdan Janobi Haqning sevikli qullari yesin. U shunday makonki, u yerda boqiylik bor bo’lib, chirish yo’qdir." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qildi: قَدْ فَعَلْتُ So’ngra yana marhamat qildi: اِخْتَارَ دَارَ الْبَقَاءِ عَلَى دَارِ الْفَنَاءِ

Ilmi Kalomning buyuk imomlaridan mashhur Abu Ishoq Isfaroniy naql qiladiki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ustunning yoniga bormadi, balki ustun uning yoniga keldi. So’ngra amr qilgandi, joyiga qaytdi."

Hazrati Ubay ibni Ka`b deydiki: Shu xoriqo hodisadan so’ngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom amr qildiki: "Ustun minbarning ostiga qo’yilsin." Minbarning ostiga qo’yildi. To Masjidi Sharifning ta`mirlash uchun buzishgunga qadar u yerda turdi. O’sha vaqtda Hazrati Ubay ibni Ka`b o’z qaramog’iga olib, chirigunga qadar saqlandi.

Mashhur Hasani Basriy shu mo’`jizaviy hodisani shogirdlariga dars berayotgan vaqt yig’lardi va derdi: "Daraxt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga mayl va ishtiyoq ko’rsatmoqda. Sizlar yanada ziyoda ishtiyoq va mayl ko’rsatishga mustahaqsiz."

Biz ham deymizki: Ha, unga ishtiyoq va mayl va muhabbat ko’rsatish, uning sunnati saniyasiga va porloq shariatiga amal qilish bilan bo’ladi.

Muhim bir Nukta: Agar deyilsa-ki: Nima uchun Handaq G’azotida to’rt hovuch taom bilan ming kishini to’ydirishdek bir mo’`jizai taomiyani va muborak barmoqlaridan oqqan suv bilan ming kishini suvga to’yguncha ichirgan mo’`jizai moiyani, nima uchun shu qurigan ustun mo’`jizasi kabi dabdaba bilan juda ko’p silsilalar orqali naql qilinmagan? Holbuki, u ikkovi ham bundan ko’ra katta bir jamoot ichida sodir bo’lgan.

Аудио мавжуд эмас