mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 44
(1-103)

·        To’rtinchi Misol: Sahih naql bilan Hazrati Abbosdan xabar beradilarki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom, Abbos va to’rt o’g’lini (Abdulloh, Ubaydulloh, Fazl, Qusam) birgalikda, "Muloat" deb atalgan bir parda ostiga olib, ustlariga yopdi. So’ngra,

 يَا رَبِّ هذَا عَمِّى وَصِنْوُ اَبِى وَهؤُلاَءِ بَنُوهُ فَاسْتُرْهُمْ مِنَ النَّارِ كَسَتْرِى اِيَّاهُمْ بِمُلاَئَتِى

deb duo qildi. Birdan uyning tomi va eshigi va devorlari "Omin, omin" deb duoga ishtirok etdilar.

·        Beshinchi Misol: Boshda Buxoriy, Ibni Hibbon, Dovud, Termiziy kabi sahih kitoblar muttafiqan (bir ovozdan) Hazrati Anasdan, Abu Hurayradan, Usmoni Zinnurayndan, Asharai Mubashsharadan bo’lmish Sa`d ibni Zayddan xabar beradilarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Abu Bakris-Siddiq, Umarul-Faruq va Usmoni Zinnurayn bilan Uhud tog’ining tepasiga chiqdilar. Jabali Uhud yo ularning haybatlaridan va yo  o’zining surur va sevinchidan larzaga kelib qimirladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qildiki:

 اُثْبُتْ يَا اُحُدُ فَاِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِىٌّ وَ صِدِّيقٌ وَ شَهِيدَانِ

Shu hadis Hazrati Umar va Usmon shahid bo’lishlariga g’aybiy bir xabardir.

Shu misolning ilovasi o’laroq naql qilinganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Makkadan hijrat qilgan va kofirlar uni ta`qib qilishga chiqqan vaqtda, Sabiyr deb atalgan toqqa chiqdilar. Sabiyr dedi: "Yo Rasululloh, mendan tushingiz! Qo’rqaman, meni ustimda sizni ursalar, Alloh meni azoblaydi. Shuning uchun qo’rqaman." Hiro tog’i chaqirdi:

 يَا رَسُولَ اللّهِ اِلَىَّ "Menga kel." Mana shu sir uchundirki, ahli qalb Sabiyrda xavf va Hiroda esa hotirjamlik his qiladilar.

Bu misoldan anglashiladiki, u ulkan tog’larning har biri mustaqim abddir, tasbeh etuvchidir va vazifadordirlar. Paygambar Alayhissalotu Vassalomni taniydilar va sevadilar, bebosh emaslar.

* Oltinchi Misol: Sahih naqlga ko’ra, Abdulloh ibni Umardan xabar beradilarki, degan: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom minbarda xutba o’qiyotganda

وَمَا قَدَرُوا اللّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَاْلاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّموَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ

oyatini o’qidi va dedi:

 اِنَّ الْجَبَّارَ يُعَظِّمُ نَفْسَهُ وَيَقُولُ اَنَا الْجَبَّارُ اَنَا الْجَبَّارُ اَنَا الْكَبِيرُ الْمُتَعَالُ

Bunday deyishi bilan, minbar shu daraja larzaga keldi va titradiki, biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni yiqitib yuboradi deb qo’rqdik."

Аудио мавжуд эмас