mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 47
(1-103)

Shu ajib voqeaning mo’`jiza jihatini ko’rsatadigan ikki-uch nuqtani tingla:

* Birinchisi: Bir rivoyatda borki, u echki so’zlab ogohlantirganini ba`zi sahobalar ham eshitdilar.

* Ikkinchisi: Hamda bir rivoyatda bordirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ogohlantirgach dedi: " بِسْمِ اللَّهْdeb aytingiz, undan so’ngra yeyingiz. Shunda zaxar ta`sir qilmaydi." Shu rivoyatni garchi Ibni Hojari Asqaloniy qabul qilmasa-da, biroq boshqalari qabul qilganlar.

* Uchinchisi: Hamda, ayyor yahudiylar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga va unga yaqin sahobalarga qo’qqisdan zarba berishni istaganlari holda, birdan g’aybdan xabar berilgandek, hodisaning oydinlashishi va hiylalarining barbod bo’lishi va u xabarda ifodalangan voqeaning to’g’ri chiqishi va hech ham sahobalarning nazarida xilof ko’rinmagan, Zoti Ahmadiyaning "Shu echki menga shunday demoqda" degan so’zi, har kimda, o’z qulog’i bilan u echkidan eshitgandek qat`iy qanoat hosil qilgan.

* Uchinchi Misol: Hazrati Muso Alayhissalomning "Yadi bayzo" va "Aso" mo’`jizasiga o’xshash bo’lgan, uchta hodisada ko’rilgan bir mo’`jizai Ahmadiyadir.

Birinchisi: Hazrat Imomi Ahmad ibni Hanbal, Abu Saidil-Hudriydan olgach va tekshirgach deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Qatoda ibni Nu`monga qorong’u va yomg’irli bir kechada bir tayoq beradi va marhamat qiladiki: "Senga, chiroq kabi, atrofingdagi o’n arshinlik (7 metr) masofani yoritib beradi. Uyingga borganingda, bir qora shaxsning soyasini ko’rasan. U shaytondir. Uni uyingdan chiqarib hayda." Qatoda ibni Nu`mon oladi va ketadi. Tayoq "Yadi bayzo" kabi yorug’lik berardi. Uyiga borgach, o’sha qora shaxsni ko’radi va haydab chiqaradi.

* Ikkinchisi: G’aroibotlar manbai bo’lmish Ulug’ Badr g’azotida Uqqoda ibnil-Muxassinil-Asadiyning qilichi mushriklar bilan bo’lgan jangda sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga qilichining o’rniga, qalin bir tayoq berdi va dedi: "Bu bilan jang qil." Birdan tayoq uzun bir oppoq qilichga aylandi. U bilan jang qildi. Hayoti davomida, to Yamoma jangida shahid bo’lgunga qadar bo’ynida osib yurdi. Shu hodisa qat`iydir. Chunki Uqqosha butun hayotida u bilan faxrlanib yurgan va ul qilich "Al-avn" nomi bilan mashhur bo’lgan. Xullas Hazrati Uqqoshaning iftixori va u qilich "Avn" nomi bilan qilichlarning eng mashhuri bo’lib tanilishi, shu hodisaning ikki hujjatidir.

Аудио мавжуд эмас