mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 45
(1-103)

* Yettinchi Misol: Sahih naqlga ko’ra, Xabrul-umma va Tarjimonul-Qur`on bo’lmish Hazrati Ibni Abbos va xodimi Nabaviy va sahobalarning azim ulamolaridan bo’lmish Ibni Mas`uddan xabar beradilarki, deganlar: Makka fath qilingan kuni, Ka`ba va atrofida, toshda qo’rg’oshin bilan mixlangan uch yuz oltmishta sanam (haykalcha) bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’lida yoysimon bir tayoq bilan o’sha sanamlarga birma bir ishora qilib,
 
جَاءَ اْلحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ اِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا deya qaysisiga ishora qilsa, yerga yiqildi. Sanamning yuziga ishora qilsa orqasiga yiqilar, orqasiga ishora qilsa yuztuban tushar edi va hokazo.., sanamlar yerga dumaladilar."

* Sakkizinchi Misol: Mashhur Bohirai Rohibning mashhur qissasidirki, Payg’ambarlik kelishidan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom amakisi Abu Tolib va bir qism Qurayshiylar bilan birga Shom tarafiga tijoratga chiqadilar. Bohirai Rohibning cherkovi yoniga kelib o’tiradilar. Hech kim bilan ko’rishmaydigan, faqat ibodat bilan mashg’ul bo’ladigan Bohirai Rohib birdan chiqib keladi. Karvon ichida Muhammadul-Aminni (A.S.M.) ko’radi. Karvonga qarab deydi: "Shu yigit Sayyidul-Olamindir va Payg’ambar bo’lajak." Qurayshiylar dyedilar: "Qayerdan bilasan?" Muborak Rohib dediki: "Sizlar kelayotganda ko’rdimki, havoda tepangizda bir parcha bulut bor edi. Sizlar to’xtaganda, bulut shu Muhammadul-Amin (A.S.M.) tarafga siljidi va unga soya qildi. Ham yana ko’rdimki, toshu daraxt unga sajda qilayotgandek  vaziyat oldi. Bu esa, nabiylarga beriladi."

Mana shu sakkiz misol kabi, balki sakson misol bor. Bu sakkiz misol birlashtirilsa, shunday uzilmas bir zanjir bo’ladiki, hech bir shubha uni uzolmaydi va qo’zg’atolmaydi. Shu xildagi mo’`jizalar, umumiylik e`tibori bilan, ya`ni, jonsiz narsalarning payg’ambarlik da`vosiga dalil o’laroq so’zlashganlari, ma`naviy tavotur hukmida, yaqiynni va qat`iyatni ifodalaydi. Har bir misol jami misollarning quvvatidan, o’z quvvatidan ham ko’proq quvvat oladi. Ha, zaif bir ustun baquvvat ustunlar bilan yonma-yon bo’lgan vaqt mustahkamlashadi. Zaif, quvvatsiz bir odam askar bo’lib qo’shinga qo’shilsa, shunday quvvatlilashadiki, ming odamga qarshi maydonga chiqadi.

 

Аудио мавжуд эмас