mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 46
(1-103)

O’N IKKINCHI ISHORA.

O’n birinchi Ishora bilan aloqador uch misol bo’lib, faqat g’oyat muhim misollardir.

Birinchi Misol: وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلكِنَّ اللّهَ رَمَى Qat`iy va ravshan bo’lgan shu oyatga ko’ra, ahli tahqiq bo’lmish umum mufassirlarning tahqiqlariga ko’ra va umum ahli hadisning xabarlariga ko’ra, Badr g’azotida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir hovuch tuproq bilan kichik toshlarni olib, kofirlar qo’shinining yuziga otayotib, شَاهَتِ الْوُجُوهُ dedi. شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi bir kalom bo’la turib, ularning har birining qulog’iga kirgani kabi, o’sha bir hovuch tuproq ham, har bir kofirning ko’ziga kirdi. Har biri o’z ko’zi bilan mashg’ul bo’lib, hujum qilib turgan joylarida birdan qochishga tushdilar.

* Ham yana, Hunayn g’azotida, boshda Imomi Muslim o’laroq ahli hadis xabar beradilarki, Badr g’azoti kabi, kofirlar shiddat bilan hujum qilayotganda, yana bir hovuch tuproq otib, شَاهَتِ الْوُجُوهُ deganida, har birining qulog’iga bir شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi kirgani kabi, biiznillah (Allohning izni bilan), har birining yuziga bir hovuch tuproq tegdi. Ko’zlari bilan mashg’ul bo’lib qochdilar.

Badr va Hunaynda bo’lgan shu xoriqo hodisa, oddiy sabablarning va inson qudratining imkoniyat doirasida bo’lmaganini, Qur`oni Mo’`jizul-Bayon

 وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلكِنَّ اللّهَ رَمَى deya bayon qiladi. Ya`ni, "Ul hodisa, inson qudratidan yuksakdadir. Inson quvvati bilan emas, balki favqulodda bir suratda qudrati Ilohiya bilan bo’lgandir.

* Ikkinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, sahih kitoblar xabar berailarki, Haybar g’azotida bir yahudiy xotin bir echkini kabob qilib pishirgan. G’oyatda kuchli zaxar bilan zaxarlab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga yuborgan. Sahobalar yeyishni boshlaganlarida, birdan farmon qildi:
 
اِرْفَعُوا اَيْدِيَكُمْ انَّهَا اَخْبَرَتْنِى انَّهَا مَسْمُومَةٌ Ya`ni, "Pishirilgan echki menga, "Men zaxarliman" deb xabar beryapti." Har kim qo’lini tortdi. Ammo u shiddatli zaxarning ta`siridan Bishr ibnil-Baro yegan bir luqmasidan vafot etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’sha Zaynab ismli xotinni chaqirib, "Nega bunday qilding?" deb so’radi. U beandisha xotin dedi: "Agar payg’ambar bo’lsang, senga zarar bermaydi; agar podishoh bo’lsang, insonlarni sendan qutqarmoq uchun shunday qildim." Ba`zi rivoyatda, uni o’ldirtirmagan, ba`zi silsilada, o’ldirtirgan, deyiladi. Ahli tahqiq deganlarki: "O’zi o’ldirtirmagan, biroq Bishrning vorislariga berilgan; ular o’ldirganlar.

Аудио мавжуд эмас