mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 49
(1-103)

Shu voqea juda mashhur bo’lgan. Hatto Qatodaning avlodi, Umar ibni Abdul-Azizning yoniga kelib, o’zini shunday tanishtirgan: "Men shunday bir zotning avlodimanki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uning chiqqan ko’zini joyiga qo’yganda o’sha ondayoq shifo topgan. Eng go’zal ko’z o’sha bo’ldi," deya nazm suratida (Hoshiya) Hazrati Umarga so’ylagan, shu orqali o’zini tanitgan.

-------------

(Hoshiya):

اَنَا ابْنُ الَّذِى سَالَتْ عَلَى الْخَدِّ عَيْنُهُ * فَرُدَّتْ بِكَفِّ الْمُصْطَفَى اَحْسَنَ الرَّدِّ

فَعَادَتْ كَمَا كَانَتْ ِلاَوَّلِ اَمْرِهَا * فَيَا حُسْنَ مَا عَيْنٍ وَيَا حُسْنَ مَا رَدٍّ

-------------

* Ham sahih naql ila xabar berilganki, mashhur Abi Qatodaning, Yavmi Ziikarad deyilgan g’azotda, bir o’q yuziga tekkan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom muborak qo’li bilan mash qilgan. Abi Qatoda deydiki: "Hecham va aslo, na og’rig’ini, na jarohatini ko’rmadim."

* Ikkinchi Misol: Boshda "Buxoriy" va "Muslim".., sahih kitoblar xabar beradilarki, Haybar g’azotida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Aliyyi Haydariyni bayroqdor qilib tayinlagan, Alining esa ko’zlari xastalikdan qattiq og’riyotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom malham-misol so’laklarini uning ko’ziga surtganlarida, shu daqiqada shifo topib, hech bir narsa qolmagan. Erta tongdan Haybar qal`asining juda og’ir temir darvozasini sug’urib, qo’lida qalkon kabi tutib, Haybar qal`asini fath qildi.

* Ham yana o’sha voqeada Saloma ibni Aqvoning soniga qilich tegib yorildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga nafas urganda (dam solganda) o’sha ondayoq oyog’i shifo topdi.

* Uchinchi Misol: Boshda Nasoi o’laroq.., siyar arboblari Usmon ibni Hunayfdan xabar beradilarki, Usmon deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga bir omi kelib dedi: "Mening ko’zlarim ochilishi uchun duo qil." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga farmon qildi:

فَانْطَلِقْ وَتَوَضَّاْ ثُمَّ صَلِّ رَكْعَتَيْنِ وَقُلِ اللّهُمَّ اِنِّى اَسْئَلُكَ وَاَتَوَجَّهُ اِلَيْكَ بِنَبِىِّ مُحَمَّدٍ نَبِىِّ الرَّحْمَةِ يَا مُحَمَّدُ اِنِّى اَتَوَجَّهُ بِكَ اِلَى رَبِّكَ اَنْ يَكْشِفَ عَنْ بَصَرِى اَللّهُمَّ شَفِّعْهُ فِىَّ

U borib aytilganday qildi. Kelganida ko’zi ochilib, yaxshi ko’rayotganini guvohi bo’ldik.

* To’rtinchi Misol: Buyuk bir Imom bo’lgan Ibni Vahab xabar beradiki: Badr g’azotidagi o’n to’rt shahidning biri bo’lmish Muavviz ibni Afro Abu Jahl bilan urishayotganda Abu Jahli lain ul qahramonning qo’lini kesdi. U esa kesilgan qo’lini boshqa qo’li bilan ushlab Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uning qo’lini yana joyiga yopishtirdi va so’lagini surtgandi, birdan shifo topdi. Yana jangga ketdi, shahid bo’lgunga qadar jang qildi.

Аудио мавжуд эмас