mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 52
(1-103)

* Ikkinchisi: Sahih naqlga ko’ra, Hazrati Ibni Abbos deganki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga majnun (jinni) bir bolani olib kelindi. Muborak qo’lini uning ko’ksiga qo’ydi. Birdan bola qusib tashladi. Ichidan qora bir narsa tushdi. Bola shifo topdi.

* Uchinchisi: Imomi Bayhaqiy va Nasoi sahih naql bilan xabar beradilarki, Muhammad ibni Xotib ismli bir bolaning qo’liga qaynagan qozon ag’darilib ketgan. Butun qo’lini ko’ydirgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom mash qilib tupugini surtgan daqiqadayoq shifo topdi.

* To’rtinchisi: Bo’yi o’sgan, ammo tili chiqmagan katta bir bola Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga keldi. Ul zot boladan, "Men kimman?" deb so’radilar. Umrida gapirmagan bola, اَنْتَ رَسُولُ اللّهِ deya tilga kirib ketgan.

* Beshinchi bola: Olami yaqazoda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan bir necha karra ko’rishishga musharraf bo’lgan va asrining imomi bo’lmish Jaloliddin Suyutiy tashih va taxrij ila Muborakul-Yamoma ismli mashhur bir zotni, endi dunyoga kelgan vaqti, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga olib kelishgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga yuzlangan. Bola gapirishni boshlab اَشْهَدُ اَنَّكَ رَسُولُ اللّهِ degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom "Borakalloh" degan. U bola undan so’ngra voyaga yetguncha so’zlashmagan. U bola, shu mo’`jizai Ahmadiyaga va "Borakalloh" Nabiy duosiga sazovor bo’lganidan "Muborakul-Yamoma" ismi bilan shuhrat topgan.

* Oltinchi bola: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom namoz o’qiyotganda bir shum bola namozni buzib oldidan hatladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom اَللّهُمَّ اقْطَعْ اَثَرَهُ degan. Shundan keyin, bola boshqa yurolmay qolgan, o’sha holda qolib, shumligining jazosini topgan.

* Yettinchi bola: Bola-tabaiatli behayo bir xotin Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ovqatlanayotganlarida luqma so’ragan. Uzatsalar, xotin degan: "Yo’q sening og’zingdagini istayapman." Uni ham berganlar. O’sha hayosiz xotin Shu luqmani egandan so’ngra, eng hayoli xotinga aylandi va Madina ayollari ichida eng yuksak hayo sohibi bo’ldi.

Mana Shu sakkiz misol singari, sakson emas, balki sakkiz yuz misollari bor. Ko’plari siyar va hadis kitoblarida bayon qilingan.

Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning muborak qo’li, Hakimi Luqmonning bir shifoxonasi kabi; so’pagi esa, Hazrati Hizrning obi hayot chashmasi kabi; nafasi esa, Hazrati Iso Alayhissalomning nafasi kabi madad-ras va shifo-rason bo’lsa, va insonlar ko’p musibat va balolarga giriftor bo’layotgan bo’lsa, albatta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga hadsiz murojaatlar bo’lgan. Xastalar, bolalar, majnunlar juda ko’plab kelganlar, jami shifo topib ketganlar. Hatto qirq marta haj qilgan va qirq yil bomdod namozini xufton tahorati bilan o’qigan, tobeinlarning azim imomlaridan va ko’p sahobalar bilan ko’rishgan, Tous deb nom olgan Abu Abdurrahmon Yamoniy qat`iyan xabar beradiki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga qancha majnun kelgan bo’lsa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom sinasiga qo’lini qo’yganda, qat`iyan shifo topgan; shifo topmagani qolmagan."

Xullas, asri saodatda yetishgan bunday bir imom, bunday qat`iy va kulliy hukm qilsa, albatta unga kelgan hech bir xasta qolmaganki, illo shifo topmagan bo’lsin. Modomiki, shifo topgan ekan, albatta minglab murojaatlar bo’lgan.

 

Аудио мавжуд эмас