mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 54
(1-103)

* Ham boshda Imomi Buxoriy.., sahih kitob ahllari xabar beradilarki, Anasning volidasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga: "Sening xodiming bo’lmish Anasning avlod va molining barakoti uchun duo qil!" deya yolvorgan. U ham duo qilib: اَللّهُمَّ اكْثِرْ مَالَهُ وَوَلَدَهُ وَبَارِكْ لَهُ فِيمَا اَعْطَيْتَهُ degan. Hazrati Anas umrining oxirida qasam ila e`lon qiladiki: "Men o’z qo’lim bilan yuz farzandimni dafn qildim. Mening molim va sarvatim e`tiboriga ko’ra, hech kim mendak mas`ud (baxtiyor) yashamagan. Mening molimni ko’ryapsizki, juda ko’pdir. Bularning hammasi duoi Nabaviyaning barakotindandir."

* Ham boshda Imomi Bayhaqiy.., ahli hadis xabar beradilarki, Asharai Mubashsharadan bo’lmish Abdurrahmon bin Avfga Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom molini ko’payishi va barakoti uchun duo qilgan. U duoning barakoti bilan shu qadar ko’p boylikka erishganki, bir marta yetti yuz tuyani yuklari bilan birga "Fisabililloh" sadaqa qilib yuborgan. Mana, duoi Nabaviyaning barakotiga boqing; "Borakalloh" deng.

* Ham yana, Imomi Buxoriy boshda.., roviylar naql qiladilarki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Urva Abi Ja`daga, tijoratida foyda va daromadga erishishi uchun duo qildi. Urva deydiki: "Men ba`zan Kufa bozorida turardim, bir kunda qirq ming foyda qozonardim, so’ngra uyimga qaytardim. Imomi Buxoriy deydiki: "Tuproqni qo’liga olsa ham bir daromad topardi."

* Ham, Abdulloh ibni Ja`farga molini ko’payishi va barakoti uchun duo qilgan. Hazrati Abdulloh ibni Ja`far shu daraja sarvat qozonganki, o’sha asrda shuhrat topgan. Ul barakotli duoi Nabaviy ila hosil bo’lgan sarvati qadar sahovati bilan ham mashhur bo’lgan. Bu xildagi misollar juda ko’p. Namuna uchun bu to’rt misol bilan kifoyalanamiz.

* Ham, boshda Imomi Termiziy xabar beradiki, Sa`d ibni Abu Vaqqosni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom duo qilib اَللّهُمَّ اَجِبْ دَعْوَتَهُ degan. Ya`ni, Sa`dning duolari qabul bo’lsin, deb duo qilgan. O’sha asrda Sa`dning badduosidan har kim qo’rqardi. Duosining qabuli ham shuhrat topdi.

Аудио мавжуд эмас