mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 57
(1-103)

* Beshinchi Misol: Ma`lum bir odamlarga badduosining dahshatli qabul bo’lishidir. Buning ko’p misollari bor. Qat`iy bo’lgan uch misolni namuna o’laroq bayon qilamiz.

* Birinchisi: Utba ibni Abu Lahab haqiga shunday badduo qildi:

 اَللّهُمَّ سَلِّطْ عَلَيْهِ كَلْبًا مِنْ كِلاَبِكَ Ya`ni, "Yo Rabb! Unga bir itni ro’para qil!" So’ngra, Utba safarga ketayotganda, bir arslon kelib, karvon ichidan uni qidirib topgan va g’ajib tashlagan. Shu voqea mashhurdir. Hadis imomlari naql va tashih qilganlar.

* Ikkinchisi: Muhallim ibni Jassomadirki, Omir ibni Azbatni hoinona o’ldirgandi. Holbuki, Omirni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom jihod va jang uchun qo’mondon qilib, bir qism bilan jo’natgandi. Muhallim ham birga edi. Bu xoinlikning xabari Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga yetib kelgan vaqti g’azablandi. اَللّهُمَّ لاَ تَغْفِرْ لِمُحَلِّمِ deya badduo qildi. Yetti kun so’ngra, o’sha Muhallim o’ldi. Qabrga qo’ygandilar, qabr tashqariga otdi. Qancha marta qo’ysalarda, yer qabul etmadi. So’ngra majbur bo’ldilar, ikki tosh o’rtasida mustahkam devor qilindi, Shu suratda yer ostiga yashirildi.

* Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ko’rsalarki, bir odam chap qo’li bilan ovqatlanardi. Marhamat qilib deganlarki: كُلْ بِيَمِينِكَ "O’ng qo’lingda yegin!" U odam degan: لاَ اَسْتَطِيعُ "O’ng qo’limni ko’tarmayman! Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom لاَ اسْتَطَعْتَ "Ko’tarolmaysan ham!" deya badduo qilgan. Mana shundan so’ngra u odam o’ng qo’lini hech ko’tarolmagan.

* Oltinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning duosidan, ham tegishidan hosil bo’lgan juda ko’p xoriqolaridan qat`iyat kasb etgan bir necha hodisani zikr etamiz.

* Birinchisi: Hazrati Xolid ibni Validga ("Sayfulloh"ga) bir necha sochidan berib nusratiga duo qilgan. Hazrati Xolid u sochlarni kulohida saqlagan. Mana shu soch va duoning barakoti hurmatiga, qay bir jangga kirmasin, illo muzaffar bo’lardi.

* Ikkinchisi: Salmoni Forsiy dastavval yahudiylarning quli edi. Uning sayyidlari uni ozod qilish uchun undan ko’p narsa talab qildilar: "Uch yuz xurmo ko’chatini eksin, meva bergandan so’ngra, qirq o’qiyya (1o’qiyya-40dirham og’irlik) oltin bergach ozod etilsin," – dedilar. U Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga keldi, holini bayon qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’z qo’li bilan Madina atrofiga uch yuz ko’chat ekdi. Yolg’iz bir donasini boshqa odam ekdi. Yil mobaynida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ekkan butun daraxtlar meva berdi. Boshqa odam ekkan bir donasi meva bermadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u ko’chatni olib, qaytadan ekdi. U ham meva bera boshladi. Ham tovuq tuxumidek bir oltinga og’iz suvini surtib duo qildi va Salmonga berib dedi: "Bor, yahudiylarga ber!" Salmoni Forisiy borib o’sha oltindan qirq o’qiyyani ularga berdi. O’zida qolgan oltin esa, avval qay miqdjorda bo’lsa, shundayligicha qoldi. Mana shu voqea Hazrati Salmoni Pokning saguzashti hayotida eng muhim bir mo’`jizakorona hodisadir. Buni mo’`tabar va ishonchli imomlar xabar berganlar.

Аудио мавжуд эмас