mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 59
(1-103)

* Sakkizinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning mash va duosi bilan, sutsiz va qisr echkilarning, muborak qo’li tegishi bilan va duosi bilan sutdor va juda sersut bo’lganining misollari va namunalari ko’pdir. Biz, yolg’iz mashhur va qat`iy bo’lgan ikki-uch misoli o’laroq zikr etamiz.

* Birinchisi: Ahli siyarning butun mo’`tabar kitoblari xabar beradilarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Abu Bakris-Siddiq bilan birga hijrat qilayotganda, Otikat bintil-Huzoniyya deb atalgan Ummu Ma`bad uyiga kelganlar. U yerda g’oyat zaif, sutsiz, qisr bir echki bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Ummu Ma`baddan so’radi: "Bunda sut yo’qmi?" Ummu Ma`bad deganki: "Buning vujudida qon yo’qku, qayoqdan sut bersin!" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom borib, u echkining beliga qo’lini surtdi, yelinini ham mash qildi va duo qildi. So’ngra dedi: "Idish keltiring va sog’inglar!" Sog’dilar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Abu Bakris-Siddiq bilan ichgandan so’ngra, o’sha oila a`zolari ham to’ygunga qadar ichdilar. U echkiga ham quvvat kirgan, o’sha barakali holida qolgan.

* Ikkinchisi: Shoti ibni Mas`udning mashhur qissasidirki: Ibni Mas`ud Islomga kirishdan avval, ba`zilarga cho’ponlik qilar edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Abu Bakris-Siddiq bilan birga, Ibn Mas`ud echkilarni boqayotgan yerga borganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Ibni Mas`uddan sut so’ragan. U esa degan: "Echkilar meniki emas, birovning moli." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom degan: "Qisir, sutsiz bir echkini menga keltir." U ham, ikki yil taka ko’rmagan (tug’magan) bir echkini keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’li bilan uning yelinini mash qilib duo qilgan. So’ngra sog’ganlar, sof bir sut olganlar va ichganlar. Ibni Mas`ud bu hodisani ko’rgandan so’ngra iymon keltirgan.

* Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning murdiasi, ya`ni sut onasi bo’lgan Halimai Sa`diyaning echkilari haqidagi mashhur qissadirki, o’sha qabilada bir daraja qahatchilik bor edi. Hayvonlar zaif va sutsiz bo’lardilar va to’ygunga qadar eyolmasdilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u yerga, sut onasining yoniga keltirilgan zamon, uning barakoti bilan, Halimai Sa`diyaning echkilari oqshomda, boshqalarning aksi o’laroq, ham to’ygan ham yelinlari to’lgan holda qaytardilar.

Mana shuning kabi, siyar kitoblarida yana boshqa juz`iyatlari (namunalari) bor. Biroq mazkur namunalar, asl maqsad uchun kifoyadir.

* To’qqizinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom, ba`zi zotlarining boshini va yuzini muborak qo’li bilan mash qilib, duo o’qigandan so’ngra, zohir bo’lgan xoriqolarning ko’p juz`iyatlaridan mashhur bo’lgan bir nechasini namuna o’laroq bayon qilamiz.

Аудио мавжуд эмас