mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 61
(1-103)

O’N BESHINCHI ISHORA.

Toshlar, daraxtlar, oy, quyosh uni taniganlari, biror mo’`jizasini ko’rsatish bilan payg’ambarligini tasdiqlaganlari kabi, hayvonlar toifasi, o’liklar toifasi, jinlar toifasi, maloikalar toifasi u Zoti Muborakni taniydilar va payg’ambarligini tasdiqlaydilar. Zero, ular uni taniganlarini, har bir toifa ba`zi mo’`jizotini ko’rsatishi bilan namoyon etadilar va nubuvvatining tasdig’ini e`lon etadilar. Shu O’n beshinchi Ishoraning uch sho’`basi bor.

Birinchi sho’`basi: Hayvonot jinsi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni taniydilar va mo’`jizalarini izhor etadilar. Shu sho’`baning ko’p misollari bor. Biz bu yerda yolg’iz, mashhur va ma`naviy tavotur darajasida qat`iy bo’lgan va yo muhaqqiq imomlar maqbul topgan va yo ummat qabul qilgan bir qism hodisalarni namuna o’laroq zikr etamiz.

* Birinchi Hodisa: Ma`naviy tavotur darajasida mashhurdirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Abu Bakris-Siddiq bilan kofirlarning ta`qibidan qutulmoq uchun berkingan Hiro g’orining og’zida, ikki navbatchi kabi, ikki kabutar kelib turgani va o’rgimchak ham pardador kabi, xoriqo tarzdagi qalin bir to’r bilan g’or og’zini yopishidir. Hatto Quraysh raislaridan bo’lgan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning qo’li bilan Badr g’azotida o’ldirilgan Ubay ibni Xalaf g’orga mo’ralagan. Sheriklari deganlar: "G’orga kiraylik." U degan: "Qanday kiramiz?" Bu yerda bir to’r ko’ryapmanki, Hazrati Muhammad tavallud topmasidan avval bu to’r to’qilgandek. Va ikki kabutar u yerda o’tiribdi, odam bo’lsa u yerda o’tirarmidi?"

Mana buning kabi, muborak kabutar toifasi, Makka fathida ham, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshi ustida soya qilganlarini, Imomi Jalil ibni Vahab naql qiladi.

* Ham sahih naqlga ko’ra, Hazrati Oishai Siddiqa xabar beradiki: "Kabutar singari, "dojin" deb atalgan bir qush xonamizda bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u yerda hozir bo’lsa, hech tipirchilamasdi, jim turardi. Qay vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom chiqib ketsa, u qush harakatga tusha boshlardi, borardi, kelardi; hech joyida turmasdi." Demak u qush Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni tinglardi, huzurida bosiqlik bilan sukut saqlardi.

* Ikkinchi Hodisa: Besh-olti silsila bilan kelgan, ma`naviy bir tavotur hukmini olgan bo’ri hodisasidirki, ko’p silsilalar ila mashhur sahobalardan naql etilgan. Azjumla, Abu Saidil-Hudriy va Salama ibni Aqvo va Ibni Abu Vahab va Abu Hurayra va bir voqea sohibi cho’pon Uxbon kabi mutaaddid tariqlar bilan xabar beradilarki, bir bo’ri echkilardan birini tutib olgan. Cho’pon uni bo’rining panjasidan qutqargan. Bo’ri degan: "Allohdan qo’rqmading, mening rizqimni qo’limdan olding!" Cho’pon degan: "Vo ajab, bo’ri ham gapiradimi?" Bo’ri unga degan: " Sening ahvolingga ajablansa bo’ladi, chunki bu yerning narigi tarafida bir Zot sizlarni jannatga da`vat etayapti, u payg’ambardir, sizlar uni tanimayapsizlar!* Barcha silsilalar bo’rining gapirganiga ittifoq bo’lish bilan birga, quvvatli silsilaning boshi bo’lmish Abu Hurayra o’z xabarida deydiki, cho’pon bo’riga degan: "Men borardim, biroq kim mening echkilarimga qaraydi?" Bo’ri degan: "Men qarayman." cho’pon esa, cho’ponlikni bo’riga topshirib ketgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rgan, iymon keltirib, qaytib ketgan. Bo’ri cho’ponlik qilayotganini ko’rgan. Echkilar kamaymagan edi. So’ng, bir echkini so’yib unga bergan. Chunki, unga ustozlik qilgan edi.

Аудио мавжуд эмас