mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 58
(1-103)

* Uchinchisi: Ummu Molik ismli bir sahobiya "uqqa" deb atalgan kichik bir yog’ idishida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga yog’ hadya qilardi. Bir gal Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uni duo qilib uqqani berdi. Farmon qildiki: "Uni bo’shatib sidirib olmangiz." Ummu Molik uqqani olgan. Qay vaqt bolalari yog’ istasalar, duoi Nabaviyning barakoti bilan uqqada yog’ topilardi. Uzoq vaqt davom etdi. So’ngra sidirib olgandilar, barakot to’xtadi.

* Yettinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning duosi bilan va tegishi bilan, suvlar totlilashgan va xushbo’y hid bergan ko’p hodisalar bor. Ikki-uchtasini namuna o’laroq bayon qilamiz.

* Birinchisi: Imomi Bayhaqiy boshda.., ahli hadis xabar beradilarki, "Bi`ri Qubo" deb atalgan quduqning suvi ba`zan chiqmay qolardi, Ya`ni tugardi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom tahorat suvini ichiga quyib duo qilgandan so’ngra, ko’paya boshladi, boshqa hech to’xtamadi.

* Ikkinchisi: Boshda Abu Nuaym "Daloili Nubuvvat"da.., ahli hadis xabar beradilarki, Anasning uyidagi quduqqa Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom tupurgan va duo qilgan.  Madinai Munavvarada eng totli suv shu bo’lgan.

* Uchinchisi: Ibni Moja xabar beradiki, zamzam suvidan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga bir paqir keltirdilar. Bir qultumini og’ziga olib, so’ng paqirga tupurdi. Paqir mushk kabi xushbo’y hid berdi.

* To’rtinchisi: Imom Ahmad ibni Hanbal xabar beradiki, bir quduqdan bir paqir suv chiqardilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uning ichiga og’iz suvini solgandan keyin, mushk kabi xushbo’y hid tarata boshladi.

* Beshinchisi: Rijolullohdan va Imomi Muslim va ulamoi mag’ribning ishonchlisi va maqbuli bo’lgan Hammad ibni Salama xabar beradiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom teridan bo’lgan bir idishga suv to’ldirib og’ziga dam urgan va duo o’qigan. Og’zini bog’lab bir qism sahobalarga bergan. "Og’zini ochmangiz, faqat tahorat olgan vaqtingiz ochingiz," degan. Ketishgan, tahorat olish vaqtida og’zini ochganlar. Ko’rsalarki, sof bir sut, og’zida esa yog’liq qaymoq!..

Mana shu besh qismning ba`zilari mashhur, hamda ba`zisini muhim imomlar naql qilganlar. Bular va bu yerda naql qilinganlarning jami, ma`naviy tavotur kabi bir mo’`jizai mutlaqning tahaqquqini (haq ekanini) ko’rsatmoqdalar.

Аудио мавжуд эмас