mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 55
(1-103)

* Ham mashhur Abu Qatodaga marhamat qilib, اَفْلَحَ اللّهُ وَجْهَكَ اَللّهُمَّ بَارِكْ لَهُ فِى شَعْرِهِ وَ بَشَرِهِ deya, yosh qolishiga duo qilgan. Abu Qatoda etmish yoshida vafot qilgan vaqt, o’n besh yoshlik bir o’smir suratida bo’lgani, sahih naql ila shuhrat topgan.

* Ham mashhur shoir Nobig’aning mashhur qissasidirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida o’zining bir she`rini o’qigan. Unda shunday deyilgandi:

بَلَغْنَا السَّمَاءَ مَجْدُناَ وَسَنَائُنَا { وَ اِنَّا نُرِيدُ فَوْقَ ذلِكَ مَظْهَرًا

Ya`ni, "Sharafimiz ko’kka chiqdi, biz yanada yuksakka chiqmoq istaymiz!" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom latifa suratida marhamat qilib:
 
اِلَى اَيْنَ يَا اَبَا لَيْلاَ  dedi.

 اِلَى الْجَنَّةِ يَا رَسُولَ اللّهِ Ya`ni, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom latifa o’laroq dedi: "Ko’kdan naryoqqa o’tib qaerga bormoqchisanki, she`ringda u yerni niyat qilyapsan?" Nobig’a dedi: "Ko’klar ustidagi jannatga ketmoq istayapmiz." So’ngra ul ma`nodor she`rini yana o’qidi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom duo qildi: لاَ يَفْضُضِ اللّهُ فَاكَ Ya`ni, "Sening og’zing dard ko’rmasin" Mana shu duoi Nabaviyning barakoti bilan, ul Nobig’a yuz yigirma yoshga kirganda bir tishiga ham nuqson yetmadi. Hatto ba`zi bir tishi tushganda ham, o’rniga yana boshqasi chiqardi.

* Ham, sahih rivoyatga ko’ra, Imomi Ali uchun duo qilganki:
 
اَللّهُمَّ اكْفِهِ الْحَرَّ وَالْقَرَّ Ya`ni, "Yo Rabb! Sovuq va issiqning zahmatini unga ko’rsatma." Mana shu duoning barakoti bilan, Imomi Ali qishda yoz libosini kiyardi, yozda qish libosini kiyardi. Derdiki: "Ul duoning barakoti ila hech bir sovuq va issiqning zahmatini chekmayapman."

* Ham Hazrati Fotima uchun duo qilgan: اَللّهُمَّ لا تُجِعْهَا Ya`ni, "Ochlik alamini unga berma." Hazrati Fotima derki: "Ul duodan so’ngra ochlik alamini ko’rmadim."

Аудио мавжуд эмас