mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 56
(1-103)

* Ham Tufayl ibni Amr Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan bir mo’`jiza istadiki, olib borib qavmiga ko’rsatish uchun. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom اَللّهُمَّ نَوِّرْ لَهُ deganda, ikki ko’zi o’rtasida bir nur zohir bo’lgan. So’ngra chivig’i ustiga o’tgan. Shu tufayli "Zinnur" degan nom taratgan. Mana shu voqealar mashhur hadislardandirki, qat`iyat paydo qilganlar.

* Ham Abu Hurayra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga shikoyat qilib deganki: "Xotiram zaiflashmoqda." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilgan; ro’molcha shaklida bir narsani ochgan. So’ngra muborak hovuchida g’oyibdan bir narsa olayotgan bo’lib, shu shaklda hovuchidagini u yerga bo’shatgan. Ikki-uch marta shunday qilgach, Abu Hurayraga degan: "Endi ro’molchani yop." Yopgan. Abu Hurayra bu duoi Nabaviyning sirri ma`naviysi bilan qasam ichib deydiki: "Undan so’ngra hech bir narsani unutmadim." Mana shu voqealar mashhur hadislardandir.

* To’rtinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning badduosiga aloqali bir necha voqeani bayon qilamiz.

* Birinchisi: Parviz ismli fors podishohi nomai Nabaviyani (Payg’ambar yuborgan maktubni) yirtgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga xabari kelgan.  U bunday deb badduo qilgan: اَللّهُمَّ مَزِّقْهُ "Yo Rabb! Maktubimni qanday qiymalagan bo’lsa, sen ham uning mulkini parcha-parcha qil!" Mana shu badduoning ta`siri bilan, o’sha Kisro Parvizning o’g’li Shirviya xanjar bilan uni qiymaladi. Sa`d ibni Abu Vaqqos esa, saltanatini parcha-parcha qildi. Sasoniya davlatining hech bir yerda shavkati qolmadi. Biroq, Qaysar va boshqa podishohlar, nomai Nabaviyani hurmat qilganlari uchun, maxf bo’lmadilar.

* Ikkinchisi: Tavoturga yaqin darajada mashhur bo’lgan va oyati Qur`oniya ishora qilganki, Islomning ilk davrida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Masjidul Haromda namoz o’qiyotganda, Quraysh raislari to’plandilar va unga qarshi yomon muomala qildilar. U ham ularga badduo qildi. Ibni Mas`ud derki: "Qasam ichamanki, unga yomon muomala qilgan va uning badduosiga yo’liqqanlarning Badr g’azotida har birining murdalarini ko’rdim."

* Uchinchisi: Mudarriya deb atalgan katta bir arab qabilasi Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomni takzib (rad) etganlari uchun, ularni qahatga uchrashi uchun badduo qildi. Yomg’ir yog’may qo’ydi. Qahatchilik va qurg’oqchilik boshlandi. So’ngra Mudarriya qavmidan bo’lgan Qabilai Quraysh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan iltimos qildilar. U duo qilgandi, yomg’ir keldi va qahatchilik ko’tarildi. Bu voqea tavotur darajasida mashhurdir.

Аудио мавжуд эмас