mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 53
(1-103)

O’N TO’RTINCHI ISHORA.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning mo’`jizalarining turlaridan katta bir turi, duosi bilan vujudga kelgan xoriqolardir. Ha, shu turdagi mo’`jizalar qat`iy va haqiqiy mutavotirdir. Juzlari va misollari shu qadar ko’pdirki, hisobiga yetib bo’lmas. Misollari ichida ko’plari borki, ular ham mutavotir darajaga chiqqanlar. Balki tavoturga yaqin suratda mashhur bo’lganlar. Bir qismini shunday imomlar naql etganlarki, mashhur mutavotir kabi, qat`iyatni ifodalaydi. Biz, uning juda ko’p misollaridan tavoturga yaqin va mashhur darajasida tarqalgan ba`zi misollarni namuna o’laroq va har misolida bir necha juzlarini bayon etamiz.

* Birinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yomg’ir duosi tavotur darajasida va ko’p marta takrorlanib, har gal o’sha zahoti qabul bo’lganini, boshda Buxoriy va Imomi Muslim, hadis imomlari naql qilganlar. Hatto ba`zi vaqtda, minbari sharif ustida yomg’ir duosi uchun qo’lini ko’tarib, hali tushirmasdan yog’ishni boshlagan. Yuqorida bayon etganimizdek, bir-ikki marta qo’shin suvsiz qolgan vaqt bulut kelardi, yomg’ir berilardi. Hatto Payg’ambarlik kelishdan avval, jaddi nabiy (bobosi) Abdulmuttalib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning bolalik vaqtida muborak yuzi hurmatidan yomg’ir duosini so’rardi. Uning yuzi hurmatidan yomg’ir kelardiki, u hodisa Abdulmuttalibning bir she`ri bilan mashhur bo’lgan.

* Ham payg’ambarimiz vafotidan so’ngra, Hazrati Umar Hazrati Abbosni vosita qilib degan: "Yo Rob! Bu sening habibingning amakisidir. Uning yuzi hurmatidan yomg’ir ber!" Yomg’ir kelgan.

* Ham yana Imomi Buxoriy va Muslim xabar beradilarki, yomg’ir uchun duo qilish so’ralganda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom duo qildi. Yomg’ir shunday yog’diki, "Yetar, duo qil to’xtasin!" deyishga majbur bo’ldilar. Duo qilgandi, birdan to’xtadi.

* Ikkinchi Misol: Tavoturga yaqinligi bilan mashhurdirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom sahoba va iymonga kelganlar xali qirqtaga yetmagan va yashirin ibodat qilayotgan vaqtlarda duo qildi: اَللّهُمَّ اَعِزَّ اْلاِسْلاَمَ بِعُمَرِ ابْنِ الْخَطَّابِ اَوْ بِعَمْرِو ابْنِ الْهِشَام

Bir-ikki kundan so’ngra Hazrati Umar Ibnil Hattob iymonga keldi va Islomiyatni e`lon va quvvatlashga sabab bo’ldi. "Faruq" unvoni oliysini oldi.

* Uchinchi Misol: Ba`zi mashhur sahobalarga turli tuman maqsadlar uchun duo qilgan. Duosi shunday porloq bir suratda qabul bo’lganki, u duoning karomati mo’`jiza darajasiga chiqqan. Azjumla, boshda Buxoriy va Muslim xabar beradilarki, Ibni Abbosga shunday duo qilgan: اَللّهُمَّ فَقِّهْهُ فِى الدِّينِ وَعَلِّمْهُ التَّاْوِيلَ Duosi shunday maqbul bo’lganki, Ibni Abbos "Tarjimonul-Qur`on" shonli unvonini va "Xabrul-umma", ya`ni allomai ummat martabai oliysini qozongan. Hatto juda yoshligida, Hazrati Umar uni sahoba ulamolari va oqsoqollarining majlisiga olib borardi.

Аудио мавжуд эмас