mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 51
(1-103)

Bir savol: Deyishadiki, sen ko’p narsalarna mutavotir deyapsan. Holbuki, biz ularning ko’pini endi eshitmoqdamiz. Mutavotir narsa bunday yashirin qolmaydi?

Aljavob: Shariat ulamolari qo’lida ko’p mutavotir va shubhasiz narsalar borki, ulardan bo’lmaganga bular noma`lumdir. Ahli hadis qo’lida ham ko’p mutavotirlari bor bo’lib, qolganlarning qo’lida ohodiy ham yo’qdir va hokazo... Har fanning mutaxassisi uchun o’sha fanning butun dalilllari, nazariyalari bayon qilinadi. Umumxalq esa, o’sha fanning mutaxassisiga ishonadi, taslim bo’ladi yoki ichiga kirib ko’radi, so’ng biladi. Hozir biz xabar bergan haqiqiy mutavotir va yo ma`naviy mutavotir va yo tavotur hukmida qat`iyatni ifodalagan voqealar, ham ahli hadis, ham ahli shariat, ham ahli usulud-din, ham ulamolarning aksariyat tabaqalarida o’z hukmini ko’rsatgan. G’aflatda qolgan avom va yohud ko’zini yumgan nodonlar bularni bilmagan bo’lsalar, ayb o’zlariga oiddir

* Beshinchi Misol: Imomi Bag’oviy taxriji va tashihi ila xabar beradiki, Aliyyibni Hakamning Handaq g’azotida kofirlarning zarbasidan oyog’i sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom mash qildilar. O’sha on shunday shifo topdiki, hatto otidan ham tushmadi.

* Oltinchi Misol: Boshda Imomi Bayhaqiy, ahli hadis xabar beradilarki, Imomi Ali g’oyatda xasta edi. Iztirobidan, o’z-o’ziga duo qilib, ingrardi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kelib dedi: اَللّهُمَّ اشْفِهِ va oyog’i bilan Hazrati Alini turtib, "Tur" dedi. Birdan (shu ondayoq) shifo topdi. Imomi Ali deydiki: "Shundan keyin bu xastalikni hech ko’rmadim."

* Yettinchi Misol: Shuraxbilal-Ju`fiyning mashhur qissasidirki, uning kaftida bir o’simta bor edi. Qilichini va otning tizginini (jilovini) ushlay olmasdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’li bilan kaftidagi o’simtani mash qildi va muborak qo’li bilan siqdi. U o’simtadan asar ham qolmadi.

* Sakkizinchi Misol: Olti bolaning har biri alohida alohida bir mo’`jizai Ahmadiyaga sazovor bo’ldi.

* Birinchisi: Ibni Abu Shayba (Muhaqqiqi komil va muhaddisi mashhur) xabar beradiki, bir xotin bir bolani Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga olib keldi. U bolada bir dard bor edi, gapirmasdi, esi past edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bir suv bilan og’zini g’arg’ara qildi, qo’lini chaydi va xotinga berib,. "Bolaga ichir" dedi. Bola u suvni ichgandan so’ng, kasalligidan va dardidan asar ham qolmadi. Shunday bir aql va kamol sohibi bo’ldiki, insonlarning eng aqllilaridan ham yuksaldi.

Аудио мавжуд эмас