mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 50
(1-103)

* Ham yana, Imomi Jalil ibni Vahab xabar beradiki: o’sha g’azotda Xubayb ibni Yasafning yelka boshiga bir qilich urilgandi, birr qismi ajralgandek dahshatli bir yara ochilgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uning qo’lini yelkasiga qo’li bilan yopishtirib nafas urgan, shifo topgan.

Mana shu ikki voqea, garchi ohadiy va xabari vohid bo’lsa-da, ammo Ibni Vahabdek bir imom tashih qilsa (tekshirsa), Badr g’azotidek bir mo’`jizalar manbaida bo’lsa, ham bu ikki voqeani tasdiqlaydigan ko’p misollar bor bo’lsa, albatta, shu ikki voqea qat`iy bo’lgandir, deyish mumkin.

Xullas, sahih hadislar bilan isbot topgan qariyb mingta misol borki, ularda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning muborak qo’li shifo bo’lgani aytilgan.

 

Quyidagi jumlalarni oltin va olmos bilan yozsa arziydi.

 

Ha, yuqorida bayon qilingan: Hovuchida kichik toshlarning zikr va tasbeh aytishi; وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ siriga ko’ra, ayni o’sha hovuchida kichkinagina tosh va tuproq dushmanga qarshi to’p va bomba bo’lib, ularni parokanda qilishi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ ochiq bayoniga ko’ra, ayni o’sha hovuchining barmog’i ila Qamarni (Oyni) ikki parcha qilishi va ayni o’sha qo’lning o’nta barmog’idan chashma kabi suv oqishi va butun bir qo’shinga ichirishi; hamda ayni o’sha qo’l xastalarga va yaradorlarga shifo bo’lishi, albatta ul muborak qo’l naqadar xoriqo bir Ilohiy qudrat mo’`jizasi ekanini ko’rsatadi.

Go’yo, ahboblar (do’st-yorlar) ichida ul qo’lning hovuchi, kichik bir zikrxonai Subhoniydirki, kichik toshlar ham ichiga kirsa, zikr va tasbeh aytadilar.

Va dushmanga qarshi kichik bir jabxonai Rabboniydirki, ichiga tosh va tuproq kirsa, to’p va bomba bo’ladi.

Va yaradorlar va xastalarga nisbatan, kichik bir dorixonai Rahmoniydirki, qaysi dardga tekkazsa, darmon bo’ladi.

Va jalol (haybat) bilan ko’tarilganda, Qamarni parchalab, Qobi Qavsayn shaklini beradi.

Va jamol (marhamat) bilan tushirilganda, obi kavsar oqadigan o’n jo’mrakli bir chashmai rahmat hukmiga kiradi.

Ajabo, shunday bir Zotning birgina qo’li, shunday ajib mo’`jizalarga sazovor va sababchi bo’lsa, u Zotning Xoliqi Koinot yonida naqadar maqbul ekanligi va da`vosiga naqadar sodiq ekanligi va o’sha qo’lni mahkam tutganlar naqadar baxtiyor bo’lishlari yaqqol darajada anglashilmasmi?..

 

Аудио мавжуд эмас