mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 48
(1-103)

* Uchinchisi: Ibni Abdil-Barr kabi bir allomai asr va ahli tahqiqning buyuklaridan naql va tashih qiladilarki: Uhud g’azotida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ammavachchasi bo’lmish Abdulloh ibni Chaxsh jang qilayotganda qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga bir tayoq berdi. U tayoq uning qo’lida bir qilich bo’ldi. O’sha bilan jang qildi. U mo’`jiza asari bo’lmish qilich o’sha holida qoldi. Mashhur Ibni Sayyidin-nos o’z silsilasida xabar beradiki: "Bir oz vaqt o’tgach, Abdulloh u qilichni Bug’oyi Turkiy degan odamga ikki yuz liraga sotdi."

Mana shu ikki qilich "Asoi Muso" kabi bir mo’`jizadir. Faqat, Musoning vafotidan so’ngra, "Asoi Muso"ning mo’`jiza jihati qolmadi. Ammo bularda saqlanib qoldi.

 

O’N UCHINCHI ISHORA.

Mo’`jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning ham mutavotir bo’lgan, ham misollari juda ko’p bo’lgan yana bir turi, ul zotning muborak nafaslari bilan xastalar va yaradorlarni shifo topganlaridir. Shu turdagi mo’`jizai Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom), barcha shu turdagilari e`tiborga olinsa, ma`naviy mutavotirdir. Alohida qaraganda, bir qismi ham ma`naviy mutavotir hukmidadir. Boshqa qismi ohadiy bo’lsa-da, ilmi hadisning mudaqqiq imomlari tashih va taxrij qilganlari uchun, ilmiy qanoat beradi. Biz ham juda ko’p misollaridan, bir necha misolini zikr qilamiz.

* Birinchi Misol: Allomai Mag’rib Qoziyi Iyoz "Shifoi Sharif"ida, yuksak bir an`anaga va bir necha silsilalarga suyangan holda, naql qiladiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning xodimi va qo’mondonlaridan biri va Hazrati Umarning zamonida Islom lashkarining bosh qo’mondoni va Eronni fath etgan va Asharai Mubashsharadan bo’lgan Hazrati Sa`d ibni Abu Vaqqos deydi:

"Uhud g’azotida men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida edim. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’sha kuni kamoni singunga qadar kofirlarga o’qlar otdi. So’ngra, menga o’qlarini berib, "ot!" derdi. "Nosl"siz, ya`ni o’qni uchishiga yordam qiladigan qanotlari bo’lmagan o’qlarni berardi va menga "ot!" deb amr qilardi. Men ham otardim. Qanotli o’qlar kabi uchardi; kofirlarning badaniga sanchilardi. Shu jangda Qatoda ibni No’`monning ko’ziga bir o’q tegdi va ko’zini chiqarib, ko’zqorachig’i yuziga oqib tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom muborak shifoli qo’li bilan, uning ko’zini olib o’z joyiga qo’ydi. Ikkinchi ko’zidan ham go’zal bo’lib, hech narsa bo’lmagandek shifo topdi."

Аудио мавжуд эмас