mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 60
(1-103)

* Birinchisi: Umar ibni Sa`dning boshini silab, duo qilgan. Sakson yoshida o’lgan vaqtida, ul duoning barakoti bilan, u odamning sochida oqi yo’q edi.

* Ikkinchisi: Qays ibni Zaydning boshiga qo’lini qo’yib, mash etib duo qilgan. Ul duoning barakoti bilan yuz yoshga kirgan vaqt, mashning ta`siri bilan butun boshi oq, yolg’iz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’lini tekkizgan joyi qop-qoraligicha qolgan edi.

* Uchinchisi: Abdurrahmon ibni Zayd ibnil-Xattob ham kichkina, ham xunuk edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’li bilan uning boshini mash etib duo qilgan. Ul duoning barakoti ila, qomati eng baland va surati eng go’zal ko’rinish olgan

* To’rtinchisi: Oiz ibni Amrning Hunayn g’azotida yuzi yaralangan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qo’li bilan yuzidaga qonni artgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning qo’li tekkan yer porloq bir nuroniylik berganki, muhaddislar كَغُرَّةِ الْفَرَسِ deb ta`birlaganlar. Ya`ni, to’ru otning peshonasidagi oq qashqa kabi porlardi.

* Beshinchisi: Qatoda ibni Salmonning yuzini silab duo qilgan. Qatodaning yuzi oynadek porlay boshlagan.

* Oltinchisi: "Ummul mu`minin" bo’lmish Ummu Salamaning qizi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning o’gay qizi Zaynab bo’lib, kichikligida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom uning yuziga tahorat suvini sepib lutf qilgan. O’sha suv tekkandan so’ngra, Zaynabning husnu jamoli ajib surat olgan va badi`ul-jamol bo’lgan.

* Mana shu juz`iyatlar kabi yana ko’p misollar bor. Ularning ko’pini hadis imomlari naql qilganlar. Bu juz`iyatlarning ko’pini xabari vohid va zaif deb faraz qilsak ham, jami birlashganda yana ma`naviy tavotur hukmini olib, mutlaq (batamom) bir mo’`jizai Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni ko’rsatadi. Chunki bir hodisa boshqa-boshqa suratlarda naql qilinsa asl hodisaning sodir bo’lgani qat`iy bo’ladi. Suratlarining har biri zaif bo’lsa ham, asl hodisani isbotlaydi. Masalan, bir gumburlash eshitildi. Ba`zilar dedilarki, falon uy xarob bo’ldi; boshqa birov, boshqa uy xarob bo’ldi dedi; Yana boshqasi, undan boshqa uyni aytdi va hokazo...  Har bir rivoyat: ham xabari vohid, ham zaif, ham voqeaga xilof bo’lishi mumkin. Biroq asl voqea – bir uy xarob bo’lgani qat`iydir, bunga hamma ittifoqdirlar. Holbuki, biz bahs yuritgan shu olti juz`iyat – ham sahihdir, hamda ba`zilari mashhurlik darajasiga chiqqan. Farazan, bularning har birini zaif deb hisoblasak, misolda aniq bir uy xarob bo’lganidek, kichik misollarning jamlanishi, yana mutlaq bir mo’`jizai Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni ko’rsatadi.

Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ochiq mo’`jizalari, har bir navida qat`iy o’laroq mavjuddir. Juz`iyati ham, u umumiy va mutlaq mo’`jizaning suratlari va yohud namunalaridir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning qandayin, qo’li, barmoqlari, tupugi, nafasi, so’zi, ya`ni duosi ko’p mo’`jizalarning negizi ekan, aynan shuningdek, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshqa his-tuyg’ulari va a`zolari ko’p xoriqolarga sababdir. Siyar (biografiya) va tarix kitoblari ul xoriqolarni bayon qilganlar. Siyrat va surat va tuyg’ularida, ko’p payg’ambarlik dalillari borligini ko’rsatganlar...

 

 

               

Аудио мавжуд эмас