mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 62
(1-103)

* Bir silsilada, Quraysh raislaridan Abu So’fyon bilan Safvan bir bo’rini ko’rdilar. U bir jayronni quvib Harami Sharifga kirgan. Bo’ri qaytib ketgan. Bu holga taajjublanganlar. Bo’ri gapirib, risolati Ahmadiyadan xabar bergan. Abu Sufyon Safvanga deganki: "Bu qissani hech kimga aytmaylik, chunki Makka bo’shab ularga qo’shilib ketadilar deb qo’rqaman."

Alhosil: bo’ri qissasi qat`iy va ma`naviy mutavotir kabi qanoat beradi.

* Uchinchi Hodisa: Besh-olti silsilaga ko’ra, muhim sahobalardan naql qilingan tuya hodisasidir. Azjumla: Abu Hurayra va Sa`laba ibni Molik va Jobir ibni Abdulloh va Abdulloh ibni Ja`far va Abdulloh ibni Abu Avfo kabi bir necha silsilalar va u silsilalarning boshidagi sahobalar, ittifoqan xabar beradilarki: Tuya kelib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga hurmat yuzasidan sajda qilgan Ham yana gapirgan. Bir necha silsilada xabar beriladiki, o’sha tuya bir bog’da g’azabga to’lib, quturib, yoniga hech kimsani qo’ymay, tashlanardi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kirgach, tuya kelib hurmat tarzida sajda qilgan va yoniga cho’kkan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga no’xta taqib qo’ygan. Tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga degan: "Meni juda mashaqqatli ishlarda ishlatdilar, endi esa meni so’yishni istayaptilar. Shuning uchun g’azablandim." Tuya sohibidan, "Shundaymi?" deb so’radi. "Ha" dedi.

* Ham yana, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning Adbo ismli tuyasi, vafoti Nabaviydan (payg’ambar vafotidan) so’ngra, qayg’usidan na yedi, na ichdi. Shu holida o’ldi. Hamda, u tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom bilan muhim bir qissani gaplashganini, Abu Ishoqi Isfaroniy kabi ba`zi e`tiborli imomlar xabar berganlar.

* Ham yana, sahih rivoyatga ko’ra, Jobir ibni Abdullohning bir safarda tuyasi juda charchagandi, boshqa yurolmasdi. «Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u tuyani yengil turtki bilan turtdi. U tuyada bu iltifoti Ahmadiydan shu qadar epchillik va sevinch paydo bo’ldiki, yanada tezlashganidan tizginini ushlab bo’lmasdi, yo’lda etib bo’lmasdi,» – deya Hazrati Jobir xabar beradi.

* To’rtinchi Hodisa: Boshda Imomi Buxoriy, hadis imomlari xabar beradilarki, bir kechada, Madinai Munavvaraning tashqarisidan dushman hujumga kelyapti degan jiddiy bir gap tarqaldi. So’ngra, jasur otliqlar chiqib ketdilar. Yo’lda bir kishi kelayotganini ko’rdilar. Qarasalar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom edi. Ul zot: "Hech narsa yo’q ," degan. Mashhur Abu Talhaning otiga minib, qudsiy shijoatining taqozozi bilan, hammadan avval borgan, aniqlagan va qaytgan. Abu Talhaga farmon qilgan: وَجَدْتُ فَرَسَكَ بَحْرًا  Ya`ni, "Sening oting silkitmasdan g’oyatda tez yugurar ekan." Holbuki, Abu Talhaning oti "katuf" deb atalgan sekin yuradigan xilidan edi. O’sha kechadan keyin, hech bir ot u bilan yugurishda teng kelolmadi.

Аудио мавжуд эмас