mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 65
(1-103)

Ammo, maloikalarning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga xizmat qilgani va ko’ringani hamda jinlarning Unga iymon va itoat etgani mutavotirdir. Nassi Qur`on va ko’p oyatlar orqali ayondir. Badr g’azotida besh ming maloika, Qur`onning aniq xabariga ko’ra, u yerda sahobalar kabi xizmat qilib, askar bo’lganlar. Hatto u malaklar maloikalar ichida, ashobi Badr kabi sharaf qozonganlar. Shu masalada ikki jihat bor.

Biri, jin va maloika toifalari, hayvon va inson toifalari kabi, mavjudliklari qat`iy va biz bilan munosabatdor ekani yigirma to’qqizinchi So’zda ikki karra ikki to’rt bo’lish darajasidagi qat`iyat bilan isbotlaganmiz. Ularning isbotini u so’zga havola qilamiz.

Ikkinchi Jihat, Rasuli Akram Alalhissalotu Vassalomning sharafi bilan, asari mo’`jiza o’laroq, ummatdan ba`zi shaxslarning ularni ko’rggani va suhbatlashganidir.

Xullas, boshda Buxoriy va Imomi Muslim, hadis imomlari ittifoqan xabar beradilarki: Bir martasida malak, Hazrati Jabroil oq libosli bir inson suratida kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom sahobalari orasida o’tirganida yoniga kelib degan:

 مَا اْلاِسْلاَمُ وَمَا اْلاِيمَانُ وَمَا اْلاِحْسَانُ

Ya`ni, "Imon, Islom, ehson nimadir? Ta`riflab ber." Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ta`riflab bergan. U yerdagi sahobalar, ham dars olgan, ham u zotni yaqqol ko’rganlar. U zot musofirlardek ko’rinishda, ustida sharaf alomatidan asar ham yo’q edi. Turib birdan yo’q bo’ldi. O’sha vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qildiki: "Sizga dars bermoq uchun Jabroil shunday ish qildi."

* Ham yana, sahih xabar bilan va qat`iy xabar bilan va ma`naviy tavotur darajasida, hadis imomlari xabar beradilarki, Hazrati Jabroilni ko’p marta husni jamol sohibi bo’lgan Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida sahobalar ko’rardilar.

Azjumla, Hazrati Umar va Ibni Abbos va Usoma ibni Zayd va Xoris va Oishai Siddiqa va Ummu Salama, qat`iyan sobitdirki, bular qat`iyan xabar beradilarki: "Biz Hazrati Jabroilni Dihya suratida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida ko’p ko’rganmiz." Ajabo, hech mumkinmiki, bunday zotlar ko’rmasdan, "ko’rganmiz" desalar?..

* Ham yana, sahih rivoyatga ko’ra, Asharai Mubashsharadan bo’lgan, Eron fotihi (Eronni fath etgan) Sa`d ibni Abu Vaqqos xabar beradiki: "Uhud g’azotida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ikki tarafida ikkita oq liboslilarni, unga soqchi bo’lgan muhofizlar suratida ko’rdik. Ikkisi ham maloika ekani ayon bo’ldi. Va Hazrati Jabroil bilan Mikoil ekanlarini angladik." Ajabo, bunday bir Islom qahramoni "ko’rdik" desa, ko’rmasligi mumkinmi?

Аудио мавжуд эмас