mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 66
(1-103)

* Ham yana, Abu Sufyon ibni Xoris ibni Abdulmuttalib (Rasulullohning amakivachchasi), sahih rivoyatga ko’ra, xabar beradiki: "Badr g’azotida ko’k ila yer orasida oq libosli otliq zotlarni ko’rdik."

* Ham yana, Hazrati Hamza Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan so’radiki: "Men Jabroilni ko’rishni istayman." Ka`bada unga ko’rsatdi. Ko’tarolmadi, hushidan ketdi, yerga yiqildi.

Bu suratda maloikalarni ko’rish voqaelari ko’pdir. Barcha bu voqealar bir navi mo’`jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni ko’rsatadi va dalolat qiladiki, uning payg’ambarlik chirog’iga maloikalar ham parvonadirlar.

Jinlarga kelsak, ular bilan ko’rishmoq va ko’rmoq, nafaqat sahobalar, balki avomi ummat ham ko’plari bilan ko’rishishi ko’p sodir bo’lib turadi. Biroq, eng qat`iy, eng sahih xabar bilan, hadis imomlari bizga deydilarki, Ibni Mas`ud: "Botni Nahlda jinlarning hidoyatga kelish kechasida jinlarni ko’rdim va Sudan qabilasidan Zut deb atalgan uzun bo’yli toifaga o’xshatdim. Ularga o’xshardilar," deydi.

* Ham yana, mashhur bo’lgan va hadis imomlari taxrij va qabul qilgan Hazrati Xolid ibni Valid voqeasi bo’lib, Uzza deb atalgan sanamni sindirganlarida, o’sha sanam ichidan qora bir xotin shaklidagi bir jinniya chiqdi. Hazrati Xolid bir qilich bilan u jinniyani ikki parcha qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u hodisa haqida marhamat qildiki: "Uzza sanami ichra o’sha jinniyaga ibodat qilinayotgan edi, boshqa unga ibodat qilinmaydi."

* Ham yana, Hazrati Umardan mashhur bir xabardirki, shunday degan: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida edik. Chol shaklida, qo’lida xassa, "Xoma" ismli bir jin kelib iymon keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga qisqa suralardan bir nechasini o’rgatdi. Darsini olgach ketdi." Shu oxirgi hodisaga, garchi ba`zi hadis imomlari e`tiroz bildirsa-da, biroq muhim imomlar sahih deb hukm berishgan. Nima bo’lganda ham, bu haqda ko’p gapirishning hojati yo’q, misollari ko’pdir.

* Ham yana deymizki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning nuri ila, tarbiyasi ila va Uning orqasidan borish ila Shayhi Gayloniy kabi minglab aqtoblar (avliyo qutblari), asfiyolar maloika va jinlar bilan ko’rishishgan va suhbatlashishgan va bunday hodisalar yuz tavotur darajasidadir va juda ko’pdir. Ha, ummati Muhammadning (A.S.M.) maloika va jinlar bilan aloqalari va so’zlashishlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning mo’`jizakorona tarbiya va irshodining bir asaridir.

Аудио мавжуд эмас