mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 69
(1-103)

* Ham yana, Abu Jahl qabilasidan, bir silsilada, Valid ibni Mug’ira, yana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni urmoq uchun katta bir toshni olib, sajdadaligida urish uchun borgan. Ko’zi yopilib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni Masjidul Haromda ko’rmadi. Qaytib borib, uni yuborganlarni ham ko’rmadi, faqat tovushlarini eshitardi. Bu hol to Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom namozdan chiqquncha davom etib, ehtiyoj qolmagach uning ko’zi ochildi.

* Sahih rivoyat bilan Abu Bakris Siddiqdan xabar beradilarki, surai تَبَّتْ يَدَا اَبِى لَهَبٍ nozil bo’lgandan so’ngra, Abu Lahabning xotini Ummu Jamil deb atalgan Xammalat-al Xatabbir toshni olib Masjidi Haromga kelgan. Abu Bakr bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u yerda o’tirgan bo’lganlar. Ko’zi Abu Bakris Siddiqni ko’radi va so’raydi: "Yo Abu Bakr, sening do’sting qayerda? Men eshitdimki, meni hajv qilganmish. Men ko’rsam bu toshni og’ziga uraman." Yonida turib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rmagan. Albatta, hifzi Ilohiyda (Allohning himoyasida) bo’lgan bir "Sultoni Lavlok"ni, bunday bir jahannam o’tinchisi, Uning huzuriga kirib ko’rolmaydi. Og’ziga ura olarmidi!..

* Beshinchi Hodisa: Sahih xabar bilan xabar beriladiki, Omir ibni Tufayl va Arbad ibni Qays, ikkovi ittifoq bo’lib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga borganlar. Omir degan: "Men Uni chalg’itib turaman, sen Uni urasan!" So’ngra ko’rsaki, hech narsa qilolmayapti. Ketgandan so’ng sherigiga dedi: "Nima uchun urmading?" U dedi: "Qanday uraman, necha marta uraman deganimda, qarasam, ikkimizning o’rtamizdan sen o’tayotgan bo’lasan. Seni qanday uraman?"

* Oltinchi Hodisa: Sahih rivoyat bilan xabar beriladiki, Uhud va yo Hunayn g’azotida Shayba ibni Usmonal-Hojabiyya (Hazrati Hamza uning ham amakisini, ham padarini o’ldirgandi) intiqomini olmoq uchun yashirincha keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning orqasidan kelib, qilichini yalang’ochlab ko’tardi. Birdan qilichi qo’lidan tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga qaradi va qo’lini uning ko’ksiga qo’ydi. Shayba deydiki: "O’sha daqiqada menga dunyoda undan ko’ra sevikli odam yo’q edi." Iymonga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom farmon qildi: "Endi bor, jang qil!" Shayba dedi: "Men borib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’rnida jang qildim. Agar o’sha vaqt padarim ro’para kelsa ham urardim."

* Ham yana, fathi Makka kunida Fadola ismli bir kishi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yoniga urish niyati bilan keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga qarab tabassum qildi, "Nafsing bilan nimani gaplashding?" dedi. va Fadola uchun mag’firat so’radi. Fadola iymonga keldi va dediki: "O’sha vaqt menga dunyoda undan ko’ra ziyoda sevikli inson yo’q edi."

Аудио мавжуд эмас