mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 70
(1-103)

* Yettinchi Hodisa: Sahih rivoyatga ko’ra, yahudiylar suiqasd qilish niyatida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’tirgan yerga ustidan katta bir tosh otishgan onida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom o’sha daqiqada hifzi Ilohiy bilan (Alloh asrab) turib ketgan. U suiqasd ham barbod bo’lgan.

Bu yetti misol kabi ko’p hodisalar bordir. Boshda Imomi Buxoriy va Imomi Muslim va hadis imomlari Hazrati Oishadan naql qiladilarki,
 
وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati nozil bo’lgandan so’ngra, orasira Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom muhofaza qilgan zotlarga farmon qildi:
 
يَا اَيُّهَا النَّاسُ انْصَرِفُوا فَقَدْ عَصَمَنِى رَبِّى عَزَّ وَجَلَّ Ya`ni, "Qo’riqlashga hojat yo’q, mening Rabbim meni himoya qiladi."

Mana shu risola ham, boshdan to bu yeriga qadar ko’rsatadiki, shu koinotning har navi, har olami Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni taniydi, unga aloqadordir. Koinotdagi har bir toifada Uning mo’`jizalari ko’rinadi. Demak u Zoti Ahmadiya (A.S.M.) Janobi Haqning, faqat koinotning Xoliqi e`tibori bilan va butun Maxluqotning Rabbi unvoni bilan, ma`muridir va rasulidir. Ha, masalan bir podshohning katta va mufattish (taftish qiluvchi) bir ma`murini har bir doira biladi va taniydi. Qaysi doiraga kirsa, u bilan munosabatdor bo’ladi. Chunki, barchasining podishohi nomidan ma`murlik qiladi. Agar, masalan yolg’iz adliya mufattishi bo’lsa, u vaqt adliya doirasi bilan munosabatdor bo’lardi. Boshqa doiralar uni yaxshi tanimasdi. Ag’ar mudofaa mufattishi bo’lsa, moliya doirasi uni bilmaydi. Shundan anglashiladiki, saltanati Ilohiyaning butun doiralarida, malakdan tortib to chivinga va o’rgimchakka qadar har bir toifa Uni taniydi va biladi va yo bildiradi. Demak, Xotamul Anbiyo va Rasuli Rabbil-Olamiyndir. Va umum anbiyolardan ustunlik jihati, risolat doirasining kengligidadir.

 

 

O’N OLTINCHI ISHORAT

Irhosot deyilgan, bi`sati nubuvvatdan avval, lekin nubuvvatga tegishli o’laroq vujudga kelgan xoriqalar ham daloili nubuvvatdandir. Shu bo’lsa uch qismdir.

Аудио мавжуд эмас