mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 73
(1-103)

* Ham, yahudiy olimlaridan Ibni Bunyamin va Muhayriq va Ka`bul Axbar kabi ko’p yahudiy olimlari avsofi Nabaviyani kitoblarida ko’rganlaridan, iymonga kirganlar, soir iymonga kelmaganlarni ham ilzom etganlar.

* Ham Nasaro olimlaridan, bahsi o’tgan mashhur Bahirai Rohib bo’lib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Shom tarafiga amakisi bilan borganda o’n ikki yashar edi. Bahirai Rohib, uning xotiri uchun Qurayshliklarni chaqirdi. Qarasa, karvonga soyabonlik qilgan bir parcha bulut, hali ham karvon ustiga soya qilyapti. «Demak men axtargan odam o’sha yerda qolgan!» So’ngra odam yubargan, uni ham olib keltirtgan. Abu Tolibga aytgan: «Sen Makkaga qayt! Yahudiylar hasadgo’ydirlar; buning sifatlari Tavrotda zikr qilingandir; xiyonat qiladilar.»

* Ham yana, Nasturul Habasha va Habash Raisi bo’lgan Najoshiy, Hazrati Muhammadning vasflarini kitoblarida ko’rganlari uchun birgalikda imon keltirganlar.

* Ham yana, Dag’otir ismli mashhur bir nasroniy olimi sifatlarni ko’rgan va imon keltirgan. Rimliklar ichida e`lon qilgan va shahid etilgan.

* Ham yana, nasroniy raislaridan Haris bin Abu Shumaril Gasaniy va Shomning buyuk diniy raislari va maliklari, ya`ni Sahibi Ilbo va Xirokl va Ibni Notur va Jarud kabi mashhur zotlar, kitoblarida vasflarini ko’rganlar va iymon keltirganlar. Lekin Xirakl, dunyo saltanati uchun iymonini izhor qilmagan.

* Ham yana, bulardan yana Salmonul-Forisiy bo’lib, u ham avval nasroniy edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning vasflarini ko’rgandan keyin, Uni qidirardi.

* Ham yana, Tamim ismli muhim bir olim, ham mashhur Xabash raisi Najoshiy, ham Habash nasarolari, ham Najran poplari; barchasi, ittifoqan xabar beradilarki, «Biz, Payg’ambarning vasflarini kitoblarimizda ko’rdik, shuning uchun iymonga keldik.»

* Uchinchi Hujjat:

Mana bir namuna o’laroq Tavrot, Injil, Zaburning Payg’ambarimiz Alayhissalotu Vassalomga oid oyatlarining bir qancha namunalarini ko’rsatamiz.

* Birinchisi: Zaburda shunday bir oyat bor:

 اَللّهُمَّ ابْعَثْ لَنَا مُقِيمَ السُّنَّةِ بَعْدَ الْفَتْرَةِ

«Muqiymus-Sunna» esa, Ismi Ahmadiydir.

* Injilning oyati:

قَالَ الْمَسِيحُ اِنِّى ذَاهِبٌ اِلَى اَبِى وَ اَبِيكُمْ لِيَبْعَثَ لَكُمُ الْفَارَقْلِيطًا

«Ya`ni men ketyapman, to sizga Faraqlit kelsin!» Ya`ni, Ahmad kelsin.

Аудио мавжуд эмас