mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 72
(1-103)

* Ikkinchi Hujjat:

Tavrot, Injil va Zaburning iboralari, Qur`on kabi mo’`jizaligi bo’lmagligi sababli, ham doimiy tarjima ustiga tarjimma qilinganidan, juda ko’p begona so’zlar, ichlariga aralashdi. Ham mufassirlarning so’zlari va yanlish tavillari ularning oyatlari bilan yanglishtirildi. Ham ba`zi nodonlarning va ahli g’arazning tahrifoti ham qo’shildi. Shu suratda ul kitoblarda tahrifot, tag’yirot ko’paydi. Hatto Shayx Rahmatullohi Hindiy (allomai mashhur) avvalgi kitoblarning minglab yerida taxrifotini kashishlariga va Yahudiy va Nasaro ulamolariga isbotlab, ovozlarini o’chirgan. Xullas, shunchalik taxrifot bilan barobar, shu zamonda ham, mashhur Xusayni Jisriy (rahmatullaxi alayh), ul kitoblardan nubuvvati Ahmadiyaga doir yuz o’n dalil chiqargan. "Risolai Hamidiyya"da yozgan. Ul Risolani Manastirlik marhum Ismoil Haqqi tarjuma qilgan, kim orzu qilsa, unga murojaat etadi, ko’radi.

* Ham juda ko’p yahudiy va Nasaro olimlari iqror va e`tirof etganlarki: «Kitoblarimizda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomning sifatlari yozilgandir.» Ha, g’ayri muslim o’laroq boshda mashhur Rim maliklaridan Xirakl (Gerakl), e`tirof etgan, deganki: «Ha, Iso Alayhissalom, Muhammad Alayhissalotu Vassalomdan xabar beradi».

* Ham, Rim maliki, Muqavqis ismidagi Misr hokimi va yahudiy olimlarning eng mashhurlaridan Ibni Suriyo va ibni Axtab va uning ukasi Ka`b bin Asad va Zubayr bin Botiyo kabi mashhur ulamo va raislar, g’ayri muslim bo’lganlari holda iqror bo’lganlarki: «Ha, kitoblarimizda Uning sifatlari bordir va Undan bahs etadilar».

* Ham, Yahudiylarning mashhur olimlaridan va Nasaroning mashhur qissislaridan, kutubi sobiqada (avvalgi kitoblarda) avsofi Muhammadiyyani (A.S.M.) ko’rgandan keyin qaysarlikni tashlab iymonga kirganlar, vasflarini Tavrot va Injilda ko’rsatganlar va soir Yahudiy va Nasroniy olimlarini shu bilan ilzom etganlar. Azjumla: Mashhur Abdulloh bin Salom va Vahab bin Munebbix va Abu Yosir va Shamul (bu zot, Yaman podshohi Tubbo zamonida yashagan; Tubbo g’iyoban va bi`sattan avval iymon keltirgani kabi Shomul ham shunday... ) va Sa`yaning ikki o’g’li bo’lgan Asid va Sa`laba bo’lib, Ibni Hayabon deb atalgan bir orifi billoh bi`satdan avval Baniy Nadr qabilasida mehmon bo’lgan,
 
قَرِيبٌ ظُهُورُ نَبِىٍّ هذَا دَارُ هِجْرَتِهِ degan, o’sha yerda qazo qilgan. So’ngra ul qabila Rasuli Akram Alayhissalotu vassalom bilan jang qilganyotganda, Asid va Sa`laba maydonga chiqqan va ul qabilaga baqirganlar:

وَاللّهِ هُوَ الَّذِى عَهَدَ اِلَيْكُمْ فِيهِ ابْنُ هَيْبَان Ya`ni, «Ibni Hayabon xabar bergan Zot shudir. U bilan urushmangiz!» Lekin ular, bularga quloq solmadilar; balolarini topdilar.

Аудио мавжуд эмас