mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 71
(1-103)

BIRINCHI QISM

Nassi Qur`onla, Tavrot, Injil, Zabur va Suhufi Anbiyoning, nubuvvati Ahmadiyya Alayhissalotu Vassalomga doir bergan xabarlaridir.

Ha, modomiki ul kitoblar samoviydirlar va modomiki ul kitob sohiblari anbiyodirlar; albatta va har holda, ularning dinlarini nasx (bekor) qilgan va koinotning shaklini o’zgartirgan va yerning yarmisini keltirgan nuri bilan yoritgan bir Zotdan bahs etishlari, zarur va qat`iydir. Ha, kichik hodisalarni xabar bergan ul kitoblar, bashariyatning eng buyuk hodisasi bo’lmish hodisai Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomni xabar bermasligi maqbulmidir? Xullas, modamiki xabar berishlari aniq ekan, har holda yo yolg’onchiga chiqaradilar, toki dinlarini taxribdan va kitoblarini nasxdan qutqarsinlar; yoki tasdiqlaydilar, toki ul haqiqatli Zot ila dinlari hurofotdan va taxrifotdan (o’zgarib ketishdan) qutulsun. Holbuki, do’st va dushmonning ittifoqi bilan, yolg’onchilik alomati hech bir kitobda yo’qdir. Unday bo’lsa, tasdiqlash bordir. Modomiki, mutlaq bir suratda tasdiqlash bor ekan va modomiki ushbu tasdiqning mavjudligini taqozo etgan qat`iy bir illat va asosli bir sabab bor ekan; biz ham ul tasdiqning vujudiga dalolat etgan uch hujjati qotia ila isbot etamiz.

* Birinchi Hujjat:

Rasuli Akram Alayhissalotu vassalom, Qur`onning tili bilan ularga deydiki: «Kitoblaringizda mening tasdig’im va avsofim bordir. Men bayon etgan narsalarda, kitoblaringiz meni tasdiq etadi.»

قُلْ فَاْتُوا بِالتَّوْرَيةِ فَاتْلُوهَا اِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ { قُلْ تَعَالَوْا نَدْعُ اَبْنَاءَنَا وَاَبْنَاءَكُمْ وَنِسَاءَنَا وَنِسَاءَكُمْ وَاَنْفُسَنَا وَاَنْفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَلْ لَعْنَتَ اللّهِ عَلَى الْكَاذِبِينَ

kabi oyatlar ila ularni maydonga chaqiradi: «Tavrotingizni keltiringiz, o’qingiz va kelingiz; biz bola-chaqamizni olib Janobi Haqning dargohiga qo’l ochib, yolg’onchilarga qarshi la`nat bilan duo etamiz!» deb davomli ravishda ularning boshiga urgani holda, hech bir yahudiy olim yoki nasroniy bir qissis, uning bitta ham yanglishini ko’rsata olmadi. Agar ko’rsatganida edi, juda ko’p kasratta bo’lgan va g’oyatda qaysar va hasadli bo’lgan kofirlar va munofiq yahudiylar va butun olami kufr, har tarafta e`lon etar edilar.

Ham degan: «Yo yanglishimni topingiz, yoki siz bilan mahv bo’lguningizcha jihod qilaman!» Holbuki, bular harbni va parishonlikni va hijratni ixtiyor qildilar. Damak yanglishini topa olmadilar. Bir yanglish topilganda, ular qutular edi.

Аудио мавжуд эмас