mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 68
(1-103)

* Shu hodisa munosabati bilan shuni ham bayon etamizki, sahih bir suratda xabar beradilarki, bir cho’pon ularni ko’rib qolib, qaedaliklarini Qurayshiylarga xabar bermoq uchun Makkaga ketgan. Makkaga kirgan vaqti, nima uchun kelganini unutgan. Naqadar urinmasin, xotirasiga kelmagan. Qaytib ketishga majbur bo’lgan. So’ngra anlaganki, unga unuttirilgan edi.

* Uchinchi Hodisa: Gatfon va Anmor g’azotida, ko’p silsilalar orqali hadis imomlari xabar beradilarki, Guras ismli jasur bir qabila raisi hech kim ko’rmayotganda, shunday Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning boshi ustiga keladi. Yalang’ochlangan qilichni qo’lida ushlagan holda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga dedi: "Kim seni mendan qutqaradi? Javoban "Alloh" degan. So’ngra اَللّهُمَّ اكْفِنِيهِ بِمَا شِئْتَ deb duo qilgan. Birdan u Guras ikki elkasi o’rtasida g’aybdan bir zarba edi. Qilichi qo’lidan tushib yerga dumaladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qilichni qo’liga olib, "Endi seni kim qutqaradi?" degan. So’ngra uni afu etgan. U odam o’z toifasiga ketadi. U juda ham jur`atkor, jasur odamga har kim hayratlanadi: "Nima bo’ldi senga, nima uchun hech narsa qilolmading?" deydilar. U deydi: "Hodisa shunday... shunday.. bo’ldi. Men hozir insonlarning eng yaxshisining yonidan kelyapman."

* Ham shu hodisa singari, Badr g’azotida bir munofiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni bir g’aflat vaqtida, hech kimsa ko’rmayotganda, shunday orqasidan qilich ko’tarishi bilan, birdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom qarab qolgan. U titrab, qilichi qo’lidan yerga tushgan.

* To’rtinchi Hodisa: Ma`naviy tavoturga yaqinligi bilan mashhur va aksariyat ahli tafsir:

اِنَّا جَعَلْنَا فِى اَعْنَاقِهِمْ اَغْلاَلاً فَهِىَ اِلَى اْلاَذْقَانِ فَهُمْ مُقْمَحُونَ * {

 وَجَعَلْنَا مِنْ بَيْنِ اَيْدِيهِمْ سَدّاً وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدّاً فَاَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لاَ يُبْصِرُونَ

oyatining nozil bo’lishining sababchisi va ahli tafsir allomalari va ahli hadis imomlari xabar beradilarki, Abu Jahl ahd qildiki: "Men Muhammadni sajdada ko’rsam bu tosh bilan uni uraman." Katta bir toshni ko’tarib ketgan. Sajdada ko’rgan vaqti ko’tarib urmoqchi bo’lganda, qo’li yuqorida qotib qolgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom namozni bitirib turib ketgach Abu Jahlning qo’li tushgan. Qo’li yo Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning izni bilan va yohud ehtiyoj qolmaganidan tushgan.

Аудио мавжуд эмас