mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 67
(1-103)

Uchinchi Sho’`ba: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning muhofazalanishi va ismati yaqqol bir mo’`jizadir. وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati karimasining ochiq haqiqati ko’p mo’`jizalarni ko’rsatadi. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom maydonga chiqqanida, nafaqat bir toifaga, bir qavmga, bir qism siyosat ahliga va yo bir dinga, balki umum podshohlarga va umum din ahliga yakka o’zi maydonga chiqdi. Holbuki, uning amakisi eng katta dushman, ham qavm va qabilasi dushman bo’la turib, yigirma uch yil qo’riqchisiz, takallufsiz, muhofazasiz va ko’p marta suiqasdga ro’para kelgani holda, kamoli saodat bilan xotirjam o’z to’shagida vafot etib, maloi a`loga chiqishiga qadar. hifzu himoyasi va ismati, وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ naqadar quvvatli bir haqiqatni ifodalashini va naqadar metin bir tayanch nuqtasi ekanini, quyoshdek ravshan ko’rsatadi. Biz yolg’iz namuna uchun, qat`iyat kasb etgan bir necha hodisani zikr qilamiz.

* Birinchi Hodisa: Siyar va hadis ahli ittifoqan xabar beradilarki, Quraysh qabilasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni o’ldirmoq uchun qat`iy ittifoq qildilar, hatto inson suratiga kirgan bir shaytonning tadbiri bilan, Quraysh ichiga fitna tushmasligi uchun, har qabiladan laoqal bir odam olinib, jami ikki yuzga yaqin odam Abu Jahl va Abu Lahabning hukmi ostiga kirib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning xonai saodatiga yurish qildilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning yonida Hazrati Ali ham bor edi. Unga: "Sen bugun mening yotog’imda yot" degandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom ularni kutib turdi. Qurayshlilar kelib butun uyning atrofini o’rab olishdi. O’sha vaqt chiqib ustlariga bir siqim tuproq sochdi. Hech biri uni ko’rmay qoldi. Oralaridan chiqib ketdi. Hiro Qoridagi ikki kabutar va bir o’rgimchak butun Qurayshlilardan uni qo’riqdab, muhofaza qildilar.

* Ikkinchi Hodisa: Qat`iy voqealardandirki, g’ordan chiqib Madina tarafiga ketayotgan vaqtlari, Quraysh raislari katta bir mol-dunyo evaziga, Suroka ismli g’oyat jasur bir odamni yubordilar. Toki ketlariga tushib, ularni o’ldirishni uddalasin. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom Abu Bakri Siddiq bilan g’ordan chiqib ketayotganlarida ko’rdilarki, Suroka kelmoqda. Abu Bakri Siddiq havotirlandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom g’orda degani kabi لاَ َتحْزَنْ اِنَّ اللّهَ مَعَنَا dedi. Surokaga bir nazar tashlagandi, Surokaning otining oyoqlari yerga kirib botib qoldi. Chiqarib olib yana yurishda davom etdi. Ikkinchi karra otining oyoqlari botgan yerdan tutun kabi bir narsa chiqardi. O’sha vaqt angladiki, na uning qo’lidan va na boshqa kimsaning qo’lidan Unga tegish kelmaydi. "Al-omon!" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom unga omonlik berdi. Faqat shuni aytdi: "Bor, shunday qilginki, boshqasi kelmasin!"

Аудио мавжуд эмас