mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 64
(1-103)

* Ikkinchisi: Imomi Bayhaqiy va Imomi ibni Adiyy kabi ba`zi muhim imomlar Hazrati Anas ibni Molikdan xabar beradilarki, Anas degan: "Bir keksa xotinning birgina o’g’li bor edi. Birdan vafot qildi. U soliha xotin ko’p qayg’urdi va yolvorib dedi: "Yo Rob! Sening roziliging uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga bay`at va xizmat etish uchun hijrat qilib bu yerga keldim. Mening hayotimga quvonch bag’ishlovchi yakkayu yolg’iz farzandimni, Ul Rasulning hurmati uchun menga qaytar!" Anas deydi: "O’sha o’lgan odam turdi va biz bilan ovqat yedi."

Mana shu ajib hodisaga ishora qilgan Imomi Busayriyning "Qasidai Burda" asarida shu jumla bordir:

لَوْ نَاسَبَتْ قَدْرَهُ آيَاتُهُ عِظَمًا { اَحْيَى اسْمُهُ حِينَ يُدْعَى دَارِسَ الرِّمَمِ

Ya`ni, "Agar duo alomatlari uning qadriga muvofiq darajada azamatini va maqbuliyatini ko’rsatganlarida, nafaqat yangi o’liklar, balki Uning ismi bilan chirigan suyaklar ham tiriltirilishi mumkin edi."

* Uchinchi Hodisa: Boshda Imomi Bayhaqiy kabi roviylar Abdulloh ibni Ubaydullohil-Ansoriydan xabar beradilarki, Abdulloh degan: "Sobit ibni Qays ibni Shammos "Yamoma" jangida shahid ketgan va qabrga qo’yilgan vaqtida men ham hozir edim. Qabrga qo’yayotgan edik, birdan undan ovoz chiqdi:

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّهِ وَاَبُو بَكْرٍ الصِّدِّيقُ وَعُمَرُ الشَّهِيدُ وَعُثْمَانُ الْبَرُّ الرَّحِيمُ dedi. So’ngra ochdik. Qarasak o’lik jonsiz." O’sha vaqtda, hali Hazrati Usmon xalifalikka o’tirmasidan, uning shahid bo’lishini xabar beradi.

·                       To’rtinchi Hodisa: Imomi Tabaroniy va Abu Nuaym, «Daloili Nubuvvat»da, No’`mon ibni Bashirdan xabar beradilarki: "Zayd ibni Xorija bozor ichida birdan yiqilib vafot etdi. Uyga keltirdik. Shom va hufton orasida, atrofida xotinlar yig’layotgan vaqt, o’lik birdan اَنْصِتُوا اَنْصِتُوا "Jimingiz!" dedi. So’ngra, fasohatli til bilan:

 مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّهِ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّهِ deya bir og’iz gapirdi. So’ngra qarab ko’rsak, jonsiz, vafot etgan edi."

Mana, jonsiz o’liklar Uning payg’ambarligini tasdiqlasa-yu, jonli bo’lganlar tasdiqlamasa, albatta u "joniy" jonlilar jonsizlardan yanada jonsiz va o’liklardan yanada o’likdirlar!..

Аудио мавжуд эмас