mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 76
(1-103)

* Injilda, Isodan so’ngra kelgan va Injilning bir qancha oyatida «Olam Raisi» unvoni bilan xushxabari berilgan nabiyning ta`rifiga doir: مَعَهُ قَضِيبٌ مِنْ حَدِيدٍ يُقَاتِلُ بِهِ وَاُمَّتُهُ كَذلِكَ

Mana, shu oyat ko’rsatadiki: «Qilich sohibi va jihodga ma`mur bir payg’ambar keladi.» «Qadibi Hadid» qilich deganidir. Ummati ham uning kabi qilich sohibi, ya`ni jihodga ma`mur bo’lajagini, Surai Fathning oxirida:

وَ مَثَلُهُمْ فِى اْلاِْنجِيلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَآزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوَى عَلَى سُوقِهِ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ

oyati, Injilning shu oyati kabi, boshqa oyatlariga ishora etib, Muhammad Alayhissalotu Vassalom, qilich sohibi va jihodga ma`mur ekanini Injil bilan barobar e`lon etadi.

* Tavrotning beshinchi kitobining O’ttiz uchinchi Bobida ushbu oyat bor:

"Haq ta`olo, Turi Sinodan iqbol etib bizga Soirdan yuzaga chiqdi va Foron Tog’laridan zohir bo’ldi".

Mana shu oyat, «Turi Sinoda iqboli Haq» bo’limi bilan nubuvvati Musaviyadan va Shom tog’laridan iborat bo’lgan «Soirdan Haq yuzaga chiqdi» bo’limi bilan nubuvvati Isaviyadan xabar qilganidek, ittifoq bilan, Hijoz tog’laridan iborat bo’lgan «Foron Tog’laridan namoyon bo’lgan Haq» bo’limi bilan zarurat bilan Risolati Ahmadiyyadan (A.S.M.) xabar beradi. Ham Surai Fathning oxiridaذلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرَيةِ hukmini tasdiqan, Tavrotda Foron Tog’laridan namoyon bo’lgan Payg’ambarning Sahobalari haqida shu oyat bor: «Qudsiylarning bayroqlari o’zlari bilan birgadir. va uning o’ngindadir». «Qudsiylar» nomi bilan vasflantiradi. Ya`ni «Uning sahobalari qudsiy, solih avliyolardir».

* Ash`iya payg’ambarning kitobida, Qirq ikkinchi bobida shu oyat bor.

«Haq Subhonahu, oxirzamonda, o’zining istifogarda va barguzida bandasini ba`s etadi va unga Ruhul Amin Hazrati Jibrilni yo’llab, dini Ilohiysini unga ta`lim ettiradi. Va u ham Ruhul Amin ta`lim berib ko’rsatgani shaklda, insonlarga ta`lim beradi va insonlar orasida haq bilan hukm etadi. U bir nurdir; halqni zulmatdan chiqaradi. Rabb menga voqea ro’y bermasdan avval bildirgan narsani, men ham sizga yetkazaman».

Mazkur oyat, g’oyat ochiq-ravshan oxirzamon payg’ambari bo’lgan Muhammad Alayhissalotu Vassalomning vasflarini bayon etadi

Аудио мавжуд эмас