mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 79
(1-103)

Ham Injilda, Asmoi Nabaviydan: “Soxib-ul Kadibi va-l Xirava”, ya`ni "Qilich va aso sohibi." Ha, qilich sohibi bo’lmish anbiyolar ichida eng buyugi va ummati bilan jihodga buyurilgan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdir. Yana Injilda: "Sohibut-toj"dir. Ha, "Sohibut-toj" unvoni, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga maxsusdir. Toj -  amoma, Ya`ni salla demakdir. Qadimgi zamonda millatlar ichida, umum millat e`tibori bilan, salla va akal (bog’ich) o’ragan, Arab qavmidir. Injildagi Soxib-ut Toj, qat`iy o’laroq "Rasuli Akram" (Alayhissalotu Vassalom) demakdir.

* Ham yana, Injilda Al-Baraklit va yohud Al-Faraklit iboralari borki, Injil tafsirlarida "Haq va botilni bir biridan tafriq etgan haqparvar" ma`nosi berilgan bo’lib, keyin keladigan insonlarni haqqa chorlaydigan Zotning ismidir.

* Injilning bir yerida, Iso Alayhissalom degan: "Men ketaman, toki dunyoning raisi kelsin." Ajabo, Hazrati Iso Alayhissalomdan so’ngra dunyoning raisi bo’ladigan va haq va botilni farqlab va tozalab, Hazrati Iso Alayhissalomning o’rnida insonlarni rushdi-hidoyatga boshlagan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan boshqa kim kelgandir? Demak Hazrati Iso Alayhissalom ummatiga doimo mujda beradi va xabar beradiki: "Bir Zot keladi, menga ehtiyoj qoldirmaydi. Men Uning muqaddimasiman va mujdachisiman."

Bir oyati karimada shunday deyiladi:

َواِذْ قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَنِى اِسْرَائِيلَ اِنِّى رَسُولُ اللّهِ اِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا ِلمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ التَّوْرَيةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَاْتِى مِنْ بَعْدِى اسْمُهُ اَحْمَدُ(Izoh)

------------

Izoh: اُمَّتُهُ الْحَمَّادُونَ mashhur sayyoh Avliyo Chalabiy, Hazrati Sham`uni Safoning maqbarasida jayron terisiga yozilgan Injili Sharifda mazkur oyatni o’qigan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom haqqida nozil bo’lgan oyat: ايتون  Bir o’g’lon ازربيون ya`ni Ibrohim naslidan bo’lgay, روفتون payg’ambar bo’lgay, لوغسلين yolg’onchi bo’lmagay, بنت Uning افزولات tavallud yeri Makka bo’lgay, كه كالوشير solihlik bilan kelgay, تونومنين Uning muborak ismi مواميت (Bu "Mavomit" kalimasi "mamed"dan va "mamed" esa "Muhammad"dan tahrif etilgan) Ahmad Muhammad bo’lgay, اسفدوس Unga ishonganlar تاكرديس bu jahon sohibi bo’lgaylar. بيست بيث Yana, u jahon sohibi bo’lgay.

------------

Ha, Injilda Hazrati Iso Alayhissalom ko’p martalab ummatiga xushxabar beradi, insonlarning eng muhim raisi keladi deydi. Va u Zotni ham ba`zi ismlar bilan yod etadi. Ul ismlar albatta Suryoniy va Ibroniydir. Ahli tahqiq ko’rganlar. Ul ismlar "Ahmad, Muhammad, Foruqun Baynal Haqqi Val-Botil" ma`nosidadirlar. Demak, Iso Alayhissalom ko’p martalab Ahmad Alayhissalotu Vassalomdan bashorat bermoqda.

Аудио мавжуд эмас