mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 82
(1-103)

* Sakkizinchisi: Yuqorida bahs etilgan Habash podishohi Najoshiy degan: لَيْتَ لِى خِدْمَتَهُ بَدَلاً عَنْ هذِهِ السَّلْطَنَةِ

Ya`ni, "Koshki shu saltanatga badal Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomning xizmatkori bo’lsaydim! Bu xizmatkorlik saltanatdan juda ham yuksakdir!"

Endi, ilhomi Rabboniy ila g’oibdan xabar bergan bu oriflardan so’ngra, g’oibdan ruh va jin vositasida xabar bergan kohinlar, juda ochiq suratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning kelishini va payg’ambarligini xabar berganlar. Ular ko’p bo’lib, biz ulardan mashhurlari va ma`naviy tavotur hukmiga o’tgan va aksari tarix va siyarda naql qilingan bir nechasini zikr etamiz. Ularning uzun qissalarini va so’zlarini siyar kitoblariga havola qilib, yolg’iz qisqacha tarzda bahs etamiz.

* Birinchisi: Shiq ismli mashhur kohin bo’lib, bir ko’zi, bir qo’li, bir oyog’i bor bo’lgan. Go’yoki yarimta inson...  Ana o’sha kohin, ma`naviy tavotur darajasida qat`iy bir suratda tarixlarga kirganki, risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomdan xabar berib, ko’p karra qaytargan.

* Ikkinchisi: Mashhur Shom kohini Satih bo’lib, suyaksiz, go’yo a`zosiz bir vujuddan iborat, yuzi ko’ksida bo’lgan ajoyib bir xilqatdagi, hamda ko’p yashagan bir kohindir. G’oibdan bergan to’g’ri xabarlari, o’sha zamon insonlari orasida shuhrat topgan. Hatto Kisro (Ya`ni, Fors podshohi) ko’rgan ajib tushni va valodati Ahmadiya (A.S.V.) zamonida, saroyning o’n to’rt sharafasining qulashining sirini Satihdan so’rash uchun, Mubazan degan olim bir elchisini yuborgan. Satih degan: "O’n to’rt zot sizlarda hukronlik qiladi. So’ngra saltanatingiz mahv bo’ladi. Ham bir zot keladi va bir dinni yuzaga keltiradi. Ana o’sha sizning din va davlatingizni bekor qiladi!" mazmunida Kisroga xabar yuborgan. Xullas, Satih ochiq bir suratda Oxirzamon Payg’ambarining kelishidan xabar bergan.

* Ham yana, kohinlardan Savod ibni Qoribid-Davsiy va Xunofir va Af`a Najron va Jizl ibni Jizlil-Kindiy va Ibni Xalasatad-Davsiy va Fotimai binti No’`moni Najoriya kabi mashhur kohinlar, siyar va tarix kitoblarida tafsilan bayon qilishgan jihatga binoan, Oxirzamon Payg’ambarining kelishini, u payg’ambar esa, Muhammad Alayhissalotu Vassalom ekanini xabar berganlar.

Аудио мавжуд эмас