mektubot | O’n to’qqizinchi Maktub | 84
(1-103)

* Hazrati Umar Islomiyatdan avval sanam uchun so’yilgan bir qurbonlikdan shuni eshitdi: يَا آلَ الذَّبِيحِ اَمْرٌ نَجِيحٌ رَجُلٌ فَصِيحٌ يَقُولُ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ

Ushbu namunalar kabi ko’p voqealar bor, ishonchli kitoblar qabul qilib naql etganlar.

* Qanday qilib kohinlar, orifi billohlar, xotiflar, hatto sanamlar va qurbonliklar risolati Ahmadiya (A.S.M.)ni xabar berganlar. Har bir hodisa ham, bir qism insonlarning iymonga kelishiga sabab bo’lgan bo’lsa...

Xuddi shuningdek, ba`zi toshlar ustida va qabrlarning mozor toshlarida qadimgi xat bilan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَمِينٌ kabi iboralar topilgan. Ular sababli bir qism insonlar iymonga kelganlar. Ha, qadimiy xat bilan ba`zi toshlarda topilgan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَمِينٌ Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan iboratdir. Chunki, Undan avval, Unga eng yaqin davrda, bor yo’g’i yetti Muhammad ismi bo’lgan, boshqa bo’lmagan. O’sha yetti odam, hech bir jihatdan "Muslihi Amin" ta`biriga loyiq bo’lmagan.

 

UCHINCHI QISM.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning tavallud paytida vujudga kelgan xoriqolar va hodisalardir. U hodisalar Uning tavalludi bilan aloqador bir suratda vujudga kelgan.

Ham bi`satdan avval ba`zi hodisalar bo’lganki, to’g’ridan to’g’ri bir mo’`jizadir. Bular ko’pdir. Namuna o’laroq, mashhur bo’lgan va hadis imomlari qabul qilgan va sofligi aniqlangan bir necha namunani zikr etib o’tamiz.

* Birinchisi: Tavalludi Nabiy kechasida, ham onasi, ham onasining yonida bo’lgan Usmon ibni Osning onasi, ham Abdurrahmon ibni Avfning onasi ko’rgan azim bir nurdirki, uchchovi ham degan: "Tavallud onida biz shunday bir nur ko’rdikki, u nur mashriq va mag’ribni bizga oydinlatdi."

* Ikkinchisi: U kecha Ka`badagi sanamlarning ko’pi yuztuban qulagan.

* Uchinchisi: Mashhur Kisroning ayvoni (Ya`ni mashhur saroyi) u kechada qimirlab yorilishi va o’n to’rt sharafasining (ustunining) qulashidir.

Аудио мавжуд эмас